Xalikova Lola Nazarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog`i nomi): “O`rta asrlarda O`zbekistonda iqtisodiyot va xizmat ko`rsatish sohalarining rivojlanishiga oid ilmiy qarashlar” 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi, 08.00.05 – Xizmat ko`rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti,
Dissertatsiya mavzusi ro`yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Iqt253
Ilmiy maslahatchi: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko`rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.01.2021.I.16.03 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: S.S.G`ulomov akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, E.G.Nabiev iqtisodiyot fanlari doktori, professori, A.Bektemirov iqtisodiyot fanlari doktori, professori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo`nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o`rta asrlarda O`zbekistonda iqtisodiyot va xizmat ko`rsatish sohalarining rivojlanishiga oid ilmiy qarashlarni shakllantirish bo`yicha ilmiy-nazariy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: uslubiy yondashuvga ko‘ra o‘rta asrlarda xizmat ko‘rsatish sohasining holati va rivojlanish bosqichlarini ifodalovchi savdo-sotiq, ta’lim, fan, sog‘liqni saqlashda iqtisodiy faoliyat darajasini baholashda qo‘llanilgan “mehnat unumdorligi”, “foyda”, “samaradorlik” kabi kategoriyalar asosiy iqtisodiy ko‘rsatkich sifatida takomillashtirilgan;
o‘rta asrlardagi realizm namoyondalari Forobiy, Yusuf Xos-Hojib, Alisher Navoiy, Amir Temur asarlarida mintaqaning tarixiy va madaniy markazlari, mashhur ziyoratgohlariga tashrif buyurishning ma’naviy-ruhiy ustunliklarini targ‘ib etish mazkur jarayonlar negizini tashkil etuvchi xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishiga ta’sir etganligi asoslangan; 
o‘rta asrlarda savdo, ta’lim, fan, sog‘liqni saqlash kabi yuqori ijtimoiy-iqtisodiy naflilikka ega xizmat turlari jamiyatdagi moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va ma’naviy yuksalishning hamohangligini ta’minlashda xizmat ko‘rsatish sohasining iqtisodiyotning real tarmoqlari salohiyatini sinergetik samara ta’sirida amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytiruvchi o‘ziga xos bog‘lovchi vosita bo‘lganligi asoslangan;
o‘rta asr mutafakkirlarining jamiyat a’zolarini iqtisodiy faollikka undash va rag‘batlantirish vositasida ijtimoiy-iqtisodiy boylikni ko‘paytirishga oid iqtisodiy g‘oyalari davlat boshqaruvi va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish orqali davlat va jamiyat uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qilganligi asoslangan; 
o‘rta asrlarda shakllangan xizmat ko‘rsatish turlari dehqonchilik rivojlanishi, madaniy, ma’rifiy va ijtimoiy hayot yaxshilanishining iqtisodiy sharti va asosi hisoblangan ixtisoslashuv jarayonlari orqali tarmoqlararo mehnat taqsimotining takomillashuviga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatganligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O`rta asrlarda O`zbekistonda iqtisodiyot va xizmat ko`rsatish sohalarining rivojlanishiga oid ilmiy qarashlar bo`yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
insoniyat tarixining dastlabki bosqichlarida “ziyorat turizmi”, “ta’lim-tarbiya”, “moddiy-manfaatdorlik” tushunchalariga ishlab chiqilgan mualliflik yondashuvlariga oid nazariy-uslubiy takliflar “O`zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo`yicha tashkiliy qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-5326 sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O`zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021-yil 4-avgustdagi 03-17-02/4646 – son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish iqtisodiyotimiz rivojlanishining tarkibiy tuzilmalarini o`zgarishida turizm sohasini rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish uchun muayyan darajada xizmat qiladi;
 “O`zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo`yicha tashkiliy qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-5326 sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O`zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021-yil 4-avgustdagi 03-17-02/4646 – son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish asosida mehnat taqsimoti natijasida xizmat ko`rsatish sohalarining rivojlanish imkoniyatlari kengaytirilgan;
o`rta asrlarda moddiy ne’matlar va ma’naviy omillarning hamohangligini ta’minlash insoniyat hayotiga yo`llanma, taraqqiyotiga qo`llanma sifatida foydalanish bo`yicha berilgan ilmiy takliflari “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan yozilgan darslik va Iqtisodiyot nazariyasi darsligiga singdirilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kengashining 2022-yil 
31-oktyabrdagi 3-sonli qaroriga asosan 008-31/10 – guvohnoma, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 27-martdagi №274-son buyrug`i). Ilmiy natijalardan foydalanish talabalarda iqtisodiyotimiz va xizmat ko`rsatish sohalarini rivojlantirishga oid fikrlarni o`rganish va ko`nikmalarni kengaytirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy-iqtisodiy boylikka faqat “toat, ibodat” bilan emas, balki davlat va jamiyat hamkorligi asosida har bir fuqaroning daxldorlik hissini shakllantirgan holda, ulardan tizimli ravishda foydalanish orqali erishishi mumkinligi asoslanganligi to`g`risidagi takliflari O`zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” kanalining “Mavzu” hamda “Taqdimot” ko`rsatuvlarining ssenariylarini taqdim etishda foydalanilgan (O`zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston teleradiokanalining 01-02-1500-son 2021-yil 24-sentyabr). Ilmiy natijalardan foydalanish kishilarda fanga bo`lgan qiziqish va ilm olishga bo`lgan ishtiyoqni oshirishga xizmat qilgan;
o`rta asrlarda dehqonchilik sohasining rivojlanishi, madaniy va ma’rifiy hayotning yaxshilanishi hamda xizmat ko`rsatish sohasining takomillashuvida mehnatning roli katta ekanligi nazariy jihatdan asoslanganligi to`g`risidagi takliflari O`zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” kanali “Mavzu” hamda “Taqdimot” ko`rsatuvlarining ssenariylarini taqdim etishda foydalanilgan (O`zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston teleradiokanalining 01-02-1500-son 2021-yil 24-sentyabr). Ilmiy natijalardan foydalanish xizmat ko`rsatish sohasining takomillashuvida mehnatning rolini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish