Musaev Xusanboy Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turistik tashkilotlar moliyaviy-investision faoliyatini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2206.
Ilmiy rahbar: Bakieva Iroda Abdushukurovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahri filiali.
II. Tadqiqotning maqsadi: turistik tashkilotlarning moliyaviy-investisiya faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm tashkilotlarining strategik investisiya loyihalarini moliyalashtirishga mablag‘larni jalb qilishni kengaytirish maqsadida davlat (markazlashgan jamg‘armalar) kafolati asosida maxsus obligatsiyalarni joylashtirish taklif etilgan;
turistik sohani davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash natijadorligini oshirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan imtiyozni qo‘llash natijasida bo‘shagan mablag‘larni muayyan maqsadga yo‘naltirish shartlarisiz foydalanishi zarurligi asoslangan;
davlat-xususiy sherikligi mexanizmini qo‘llash asosida rekreatsion hududlarda turistik klasterlar faoliyatini rivojlantirish asoslangan;
davlat yoki markazlashgan jamg‘armalar kafolatlari asosida turizm tashkilotlari loyihalarining moliyalashtirishning 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan prognozi taklif etilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turistik tashkilotlar moliyaviy-investisiya faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turizm tashkilotlarining strategik investisiya loyihalarini moliyalashtirishga mablag‘larni jalb qilishni kengaytirish maqsadida davlat (markazlashgan jamg‘armalar) kafolati asosida maxsus obligatsiyalarni joylashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022 yil 30 dekabrdagi 543-son «2022-2026 yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 04-40/8531-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxsus obligatsiyalar joylashtirilib, turizmda strategik investisiya loyihalarini moliyalashtirish uchun yiliga o‘rtacha 2,5-3 mlrd. AQSh dollari miqdorida xususiy moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyati yaratilgan;
turistik sohani davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash natijadorligini oshirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan imtiyozni qo‘llash natijasida bo‘shagan mablag‘larni muayyan maqsadga yo‘naltirish shartlarisiz foydalanish taklifi Turizm va madaniy meros vazirligining “Respublikada turizmni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlari»ni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi
04-40/8531-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, faoliyat yuritayotgan turistik tashkilotlarda investision faollikning ortishi, ular ixtiyorida ortiqcha pul mablag‘larini qolishi hamda pandemiyadan keyingi davr hamda noqulay geosiyosiy vaziyat sababli turizm sektori uchun qiyin vaziyatni hisobga olgan holda turistik korxonalarda QQS bo‘yicha soliq yukini kamaytirish imkonini bergan.
rekreatsion hududlarda turistik klasterlar faoliyatini rivojlantirish maqsadida davlat-xususiy sherikligi mexanizmini qo‘llash taklifi Turizm va madaniy meros vazirligining “Respublikada turizmni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlari»ni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 04-40/8531-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat-xususiy sheriklik asosida rekreatsion zonalar hamda tarixiy shaharlarda investisiya loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 125 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga, shuningdek 3,7 mln. dollar miqdoridagi mablag‘lar iqtisod qilingan;
davlat yoki markazlashgan jamg‘armalar kafolatlari asosida turizm tashkilotlari loyihalarining moliyalashtirishning 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan prognozi «O‘zbekiston Respublikasida 2022-2040 yillarda turizm va madaniyatni rivojlantirish» strategiyasining «Turizm sohasida investisiya loyihalarini moliyalashtirish» bo‘limini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 04-40/8531-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, mahalliy turistik tashkilotlari yagona dastur orqali 2022 yil turistik tashkilotlar foydasi 13-14,8 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.