Rajamuradova Nuriniso Zaynitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yaylov ozuqalariga qo‘shimcha oziqlantirishni tuvchalar organizmidagi almashinuv jarayonlariga va olingan uloqlarning rezistentlik ko‘rsatgichlariga ta’siri», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/B693.
Ilmiy rahbar: Kuziyev Mirzoxid Sadulloyevich, biologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD), dosent.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Azat Taubaldiyevich, biologiya fanlari doktori, professor; Kuchkarova Lyubov Salijanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakatimizga keltirilgan Zaanen zotli tuvchalarni bug`ozlik va laktasiya davrlarida qo‘shimcha oziqlantirishning mahsuldorlik xususiyatlariga va olingan uloqlarining o`sish-rivojlanishiga hamda rezistentligiga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tog`, tog`oldi yaylovlaridagi ozuqabop o`simliklarning to`yimlilik qiymati, mahsuldorligi, tuvchalar organizmining to`yimli moddalarga bo`lgan ehtiyojini qoplanish darajalari aniqlangan;
yaylovda qo`shimcha oziqalarsiz haydab boqilgan tuvchalar katta qornida kechadigan almashinuv jarayonlari, ularni qon tarkibidagi morfo-biokimyoviy va immun tizimlar faolligiga ta’siri ilmiy asoslangan;
tuvchalar bug`ozlik-laktasiya davrlarida yaylov oziqalariga qo‘shimcha oziqlantirishning ular organizmidagi maxsus va maxsus bo`lmagan himoya tizimi faolliklari oshganligi ochib berilgan;
uloqlarning o`sishi-rivojlanishi, maxsus va maxsus b`olmagan himoya tizimlarini holati, me’yorida oziqlantirilgan onalarining immun tizimi holati bilan bog`liqligi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yaylov oziqalariga qo`shimcha oziqlantirishni tuvchalar organizmidagi almashinuv jarayonlariga va olingan uloqlarning rezistentlik ko`rsatgichlariga ta’siri bo`yicha olingan natijalar asosida:
xorijdan keltirilgan sut yo`nalishidagi echki zotlarini bug`ozlik va laktasiya davrlarida to`yimli moddalarga bo`lgan ehtiyojini qoplash uchun qo`shimcha oziqlantirish, mahsulot birligiga sarflanadigan quruq modda ulushini kamaytirish hamda xo‘jalikning rentabellik darajasini oshirish yo`llari Qo`shrabod tumanidagi “Kuragon” fermer xo`jaligi amaliyotiga joriy qilingan (O`zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasining 2022 yil 7 iyuldagi 02/23-1406-son ma’lumotnomasi). Natijada, echkilar fiziologik holati yaxshilanib, hazm jarayonlarini rag`batlantirilishi va to`yimli moddalarning hazmlanishini ortishi hisobiga har bir bosh xorij seleksiyasiga mansub echkilardan olinadigan sof foydani 9,2% ga oshirish imkonini bergan;
tuvchalarni bug`ozlik va laktasiya davrlarida yaylov rasioniga qo`shimcha ozuqalar bilan oziqlantirish, qo`shimcha oziqlantirishning maxsus va maxsus bo`lmagan himoya tizimi faolliklarini hamda ulardan olingan uloqlarning rezistentlik ko`rsatgichlarini va o`sish-rivojlanishini oshirishning biologik asoslari Nukus tumanidagi “Bekke-Kamal” fermer xo`jaligi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqolpoq Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2022 yil 8 sentyabrdagi 33/01-04-505-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, har bir boshdan olinadigan daromadni, qo`shimcha oziqalarsiz haydab boqilgan nazorat guruhi echkilariga nisbatan 11,3% ga oshirish imkonini bergan.