Matyokubov Murodbek Otajonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning qumli – cho‘l hududlarida bosh miya insul`tlari: tarqalganligi, sabablari va profilaktikasi» 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1184.
Ilmiy rahbar: Kilichev Ibadulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nodir Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; O‘rinov Muso Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Ivanovo davlat tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati misolida O‘zbekistonning qumli – cho‘l hududlarida bosh miya insul`tlarining o‘ziga xos xususiyatlarini registr asosida o‘rganish va shu hududlarga mos profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba Xorazm viloyati misolida O‘zbekistonning qumli-cho‘l hududlarida 2019 yilda bosh miya insul`tlarining registri o‘tkazilib, kasallanish 20 yoshdan katta aholi orasida 1000 aholiga 3,1 holat, barcha aholiga nisbatan 1000 aholiga 1,94 holat, o‘lim holati (20 yoshdan katta aholi orasida 1000 aholiga 1,17 holat, barcha aholiga nisbatan 1000 aholiga 0,73 holat) va bosh miya insul`tidan letallik 35,2% ekanligi aniqlangan;
O‘zbekistonning qumli – cho‘l hududi Xorazm viloyatida bosh miya insul`ti strukturasida ishemik insul`t gemorragik insul`tdan ko‘proq uchrashi, lekin boshqa regionlardan farqli ravishda bu nisbat 3 : 1 ga tengligi aniqlangan;
O‘zbekistonning qumli – cho‘l hududilarida arterial bosh miya insul`tlari rivojlanishi xavf omili sifatida asosan arterial gipertenziya va ateroskleroz, keyingi o‘rinlarda yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, hamda ularning komorbid kelishi ahamiyatli ekanligi isbotlangan;
O‘zbekistonning qumli – cho‘l hududi Xorazm viloyatida bosh miya insul`tlarining mavsumiylik xarakteriga ega ekanligi, uning qishda va bahor oylarida ko‘proq uchrashi aniqlangan va “spastik” va “gipoksik” effektli ob – havo kunlarida insul`tlarning ko‘p sodir bo‘lish ehtimolligi yuqoriligi isbotlangan;
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning qumli – cho‘l hududlarida insul`tning Registri bo‘yicha olingan natijalar bo‘yicha quyidagilar tasdiqlangan:
O‘zbekistonning qumli – cho‘l hududlarida insul`tlarning mavsumiy profilaktikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida io‘lab chiqilgan “O‘zbekistonning qumli – cho‘l hududlarida insul`tlarning mavsumiy profilaktikasi, mavsumiylik, meteoomillar, meteosezgirlik” nomli uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 fevraldagi 8n-r/104-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada bosh miya insul`tlarining mavsumiyligi, meteoomillar, shuningdek insul`tlarni mavsumiy profilaktikasini yoritish imkonini bergan;
O‘zbekistonning qumli – cho‘l hududlarida miya insul`tlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida io‘lab chiqilgan “O‘zbekistonning qumli – cho‘l hududlarida Xorazm viloyati misolida miya insul`tlarning Registri” nomli uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10 fevraldagi 8n-r/101-sonli ma’lumotnomasi). Registr natijasida olingan ma’lumotlar asosida tayyorlangan ushbu tavsiyanomalarda O‘zbekistonning qumli – cho‘l hududlaridagi bosh miya insul`tining epidemiologik ko‘rsatkichlari bayon etilgan bo‘lib, shu ma’lumotlar asosida kasallikning birlamchi va ikkilamchi profilaktika usullari tavsiya qilish imkonini bergan;
tadqiqot natijalari Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Urganch tuman tibbiyot birlashmasi, shuningdek Qo‘shko‘pir tuman tibbiyot birlashmasi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filialida amaliyotga tadbiq qilindi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 martdagi 8n-z/126-sonli xulosasi). Tadbiq natijalari bosh miya insul`tlarining birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi natijasida kasallanish, o‘lim holatlari va letallik ko‘rsatkichining, nogironlikning kamayishi va iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyatini yaratgan.