Nazirova Zilola Maxamadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Endometriy giperplastik jarayonlarini erta tashxislash va davolashga zamonaviy yondashuv”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib 327.
Ilmiy rahbar: Asrankulova Dilorom Baxtiyarovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, PhD.04/05.06.2020.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Saidjalilova Dil`noza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Samarqand davlat tibbiyot universiteti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kechki reproduktiv va perimenopauza davrida endometriy giperplastik jarayonlari kuzatilgan bemorlarni parvarish qilish taktikasi va diagnostikasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kech reproduktiv va perimenopauzal yoshdagi ayollarda endometriy giperplastik jarayoni rivojlanishining klinik va anamnestik xavf omillari aniqlangan;
ilk bor kechki reproduktiv yoshdagi bemorlarda endometriy bezli giperplaziyasi polipoz bilan birgalikda gistologik tashxislangan bo‘lsa, premenopauza davrida esa endometriy bezli-kistozli giperplaziya yoshga bog‘liq xolda ko‘proq uchrashi aniqlangan;
ilk bor kech reproduktiv va perimenopauzal yoshdagi bemorlarda bachadondan anomal qon ketishi va endometriy giperplaziyasi kuzatilganda Ki 67 xujayralarining past va o‘rtacha proliferativ faolligi, estrogen reseptorlarining giperekspresiyasi va progesteron reseptorlarining past ekspresiyasi bemorlar yoshiga bog‘liq emasligi aniqlangan;
ilk bor endometriy va uning steroid reseptorlari morfologik va immunogistokimyoviy tuzilishi xamda bemolardagi ginekologik kasalliklar va jinsiy a’zolarning yallig‘lanish jarayonining mavjudligini hisobga olgan holda gormonal davolash prinsipi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Endometriy giperplastik jarayonlarini erta tashxislash va davolashga zamonaviy yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ayollarda endometriy giperplastik jarayonlarini tashxislash va davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Endometriy giperplastik jarayonlari kuzatilgan ayollarni davolash taktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n-d/227-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi ayollarda endometriy giperplastik jarayonlarini erta tashxislash va davolash chora-tadbirlarini o‘z vaqtida qo‘llashga xizmat qilgan;
endometriy giperplastik jarayonlarini erta tashxislash va davolashga zamonaviy yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon shaxar 1-va 2-tug‘ruq komplekslari amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 12 yanvardagi 08-00334-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi ayollarda endometriy giperplastik jarayonlarini rivojlanish xavfini erta tashhislash va oldini olish, olib borish taktikasini takomillashtirish, to‘g‘ri davolash taktikasini qo‘llash hisobiga asoratlarini kamaytirish xamda iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.