Ermekbaeva Akbal Urdabaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda kardiorespirator tizimining komorbid kasalliklari kechishini erta tashxislash va kechish xususiyatlarini prognozlash», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Tib.594.
Ilmiy maslahatchi: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori; Qurbonov Abduqodir Kenjaevich, tibbiyot fanlari doktori; Zaxidova Mashkura Ziyamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda klinik-gumoral va genetik prediktorlarni hisobga olgan holda kardiorespirator tizim kasalliklarini erta tashxislash va kechish xususiyatlarini prognozlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 o‘tkazgan kardiorespirator tizim komorbid kasalliklari mavjud bemorlarda endoteliy disfunksiyasini tavsiflovchi gumoral omillar darajasining oshishi bilan ularning klinik kechishi, yallig‘lanish markerlari va gemostaz ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik asoslangan;
COVID-19 o‘tkazgan kardiorespirator tizim komorbid kasalliklari mavjud bemorlarda endotelial NO-sintaza geni T786C va angiotenzin aylantiruvchi ferment (AAF) geni I/D polimorfizmining tarqalish va uchrash xususiyatlari aniqlangan;
COVID-19 o‘tkazgan kardiorespirator tizim komorbid kasalliklari mavjud bemorlarda endotelial NO-sintaza geni T786C va angiotenzin aylantiruvchi ferment (AAF) geni I/D polimorfizmi kasallik rivojlanishining molekulyar-genetik determinantlari bilan kasallik klinik kechishi hamda endoteliy gumoral omillari buzilishlari orasida assotsiatsiyasi isbotlangan;
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda kardiorespirator tizim komorbid kasalliklari rivojlanish xavfini aniqlovchi klinik-neyrogumoral, vizualizatsion va genetik prediktorlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda kardiorespirator tizim komorbid kasalliklari kechishini erta tashxislash va prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda kardiorespirator tizim komorbid kasalliklarini erta tashxislash bo‘yicha tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda kardiorespirator tizim komorbid kasalliklari kechishini erta tashxislash va prognozlash» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 oktyabrdagi 8n-z/515-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma COVID-19 o‘tkazgan kardiorespirator tizim komorbid kasalliklarini erta tashxislashni samarali amalga oshirish imkonini bergan;
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda kardiorespirator tizim komorbid kasalliklari kechish xususiyatlarini prognozlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda kardiorespirator tizim komorbid kasalliklari kechish xususiyatlarini prognozlash uslubi» mavzusida uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 oktyabrdagi 8n-z/515-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma COVID-19 o‘tkazgan kardiorespirator tizim komorbid kasalliklarini erta prognozlashni samarali amalga oshirish imkonini bergan;
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda kardiorespirator tizim komorbid kasalliklari kechish xususiyatlarini klinik-diagnostik asoslarini erta tashxislash va prognozlashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazi, Buxoro viloyati ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi, Xorazm viloyati ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xolmuradov nomidagi ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi, Taxiatosh tuman tibbiyot birlashmasiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 22 fevraldagi 08-04672-son ma’lumotnomasi). COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda kardiorespirator tizim komorbid kasalliklari klinik kechishini prognozlash, asoratlarini oldini olishg imkonini bergan.