Negmatova Gulzoda Shuxratovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Autoimmun poliglandulyar sindromning o‘zbek populyasiyasida klinik-immunologik xususiyatlari va erta diagnostikasi», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2071.
Ilmiy rahbar: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Urmanova Yulduz Maxkamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Aripova Tamara Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot hodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Autoimmun poliglandulyar sindromning klinik, gormonal va immunologik ko‘rsatkichlarini baholash va erta tashxislash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
autoimmun poliglandulyar sindromlarning yashirin shakllarini erta tashxislashda autoimmun endokrinopatiyalarga xos klinik ko‘rsatkichlar aniqlangan; 
endokrin bezlar va endokrin bo‘lmagan a’zolar zararlanishi bilan birga kuzatiladigan autoimmun poliglandulyar sindromda glutamin kislota dekarboksilazasi (GADA) antitanalari, 21-(ON)-gidroksilaza hamda TPO ga nisbatan antitanalar darajasi prognostik mezon sifatida asoslangan;
gormonal ko‘rsatkichlarning qiyosiy tahlili APS 2 turining rivojlanishida TTG, kortizol, al`dosteron va erkin tiroksin miqdorining o‘zgarishi nafaqat endokrin manifest kasalliklarda, balki ekstraendokrin kasalliklar guruhlarida ham ahamiyati asoslangan;
QD 1 turida subklinik APS kuzatilishi  AIT va BSBUBE xavfi  3%da, vitiligo va RA rivojlanish xavfi esa nisbatan yuqori 7 va 15% hollarda aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Autoimmun poliglandulyar sindromning o‘zbek populyasiyasida klinik-immunologik xususiyatlari va erta tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
autoimmun poliglandulyar sindromning klinik-immunologik xususiyatlari va erta tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Autoimmun poliglandulyar sindromlar, erta tashxislash yangi usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 avgustdagi 8n-z/420-son ma’lumotnomasi) Mazkur uslubiy tavsiyanoma autoimmun poliglandulyar sindromli bemorlarni erta bosqichlarda aniqlash va davo samaradorligini oshirish  imkonini bergan;
autoimmun poliglandulyar sindromning klinik-immunologik xususiyatlari va erta tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Jizzax filiali va Buxoro viloyat endokrinologiya dispanserining amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 yanvardagi 08-01323-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi endokrin bezlar va endokrin bo‘lmagan a’zolarning zararlanishini hisobga olgan holda autoimmun poliglandulyar sindrom 2 turi uchun ishlab chiqilgan algoritmlar   kasallikni erta tashxislashda, APS bilan kasallangan bemorlarni kuzatishni muqobillashtirishda o‘ziga xos zamin yaratadi, bu esa qaytarilmas oqibatlar va umrbod o‘rinbosar poligormonoterapiyaga zaruriyatni rivojlanishini oldini olish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish