Yusupova Madina Shukrullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan tireotoksikozli bemorlarni erta tashxislash va davolashni optimallashtirish», 14.00.03-Endokrinologiya, 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1487.
Ilmiy rahbarlar: Xaydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna tibbiyot fanlari doktori, professor., Qurbonov Abduqodir Kenjaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi tireotoksikoz bilan kasallangan bemorlarda komorbid rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligini erta tashxislash va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tireotoksikoz bilan kasallangan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanishini erta tashxislashda miya natriyuretik peptidi va aldosteron ko‘rsatkichlarining prognostik ahamiyati asoslangan;
tireotoksikoz bilan komorbid kechgan surunkali yurak etishmovchiligida kasallik klinik kechishi va yurak qon-tomir remodellanishi jarayonlari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
tireotoksikoz negizida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligida kasallik kechishi og‘irlik darajasini belgilovchi klinik-neyrogumoral prediktorlar aniqlangan;
tireotoksikoz bilan kasallangan bemorlarda komorbid kechgan surunkali yurak etishmovchiligida patogenetik davolash tartibi chap korinchaning sistolik va diastolik funksiyasi, neyrogumoral omillar holati bemorlarning hayot sifatiga ijobiy tasir etishi neyrogumoral tekshiruvlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tireotoksikoz bilan kasallangan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligini erta tashxislash va davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan:
tireotoksikoz bilan kasallangan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligini erta tashxislash va prognozlash bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan «Tireotoksikozli bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligini erta tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 31 oktyabrdagi 8n-z/587-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tireotoksikoz bilan kasallangan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanishini erta aniqlash, kasallik kechishi va prognozni yaxshilash imkonini bergan;
tireotoksikoz bilan kasallangan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligini erta tashxislash va prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali, Guliston tibbiyot klasteri, Toshkent shahri 52-oilaviy poliklinika amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 16 fevraldagi 08-03930-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan tireotoksikozli bemorlarda komorbid holatlarni erta tashxislash va prognozini yaxshilash,kasallik kechishini yaxshilash, asoratlarini oldini olish imkonini berdi.