Sharipova Shaxnoza Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslarini takomillashtirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/4051.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xasanova Kibriyo, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Jo‘rayev Husniddin Oltinboyevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Ibragimov A’lamjon Amrilloyevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida ECTS (Yevropa kredit transfer tizimi) kredit-modul tizimini tadbiq etish hamda talabalarning erishilgan ko‘nikma va malakasini erkin tan olinishini ta’minlash tamoyillariga ko‘ra ma’ruza, amaliyot, laboratoriya mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan innovatsion o‘qitish texnologiyalarning pedagogik imkoniyatlari amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishning algoritmik ketma-ketligiga asoslangan kompetent yondashuvga ustuvorlik berish asosida kengaytirilgan;
oliy ta’lim tizimida fanlararo aloqadorlikni ta’minlashning integrativ mexanizmlari innovatsion yondashuvlarga asoslangan kognitiv strategiyalarning o‘quv materiallarini modullashtirish imkoniyatlariga ko‘ra o‘zlashtirishning mahsuldor darajalarini ta’minlovchi refleksiv bosqichlarni belgilash asosida takomillashtirilgan;
novatorlik, yangilikni sezish, yangilikni qabul qilishga tayyorlik, mustaqil ta’lim, kasbiy mahorat, innovatsion pedagogik tafakkur, ijodiy yechimlarni qabul qilishga tayyorlik sifatlarini tarkib toptiruvchi tashkiliy-pedagogik jarayon modeli tarkibi ta’lim olishning barcha shakllari (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy)da qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalarning didaktik va metodik xususiyatlarini samaradorlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra takomillashtirilgan;
konseptual yondashuvlarga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalarning mazmuni texnologik jarayonlarning algoritmik ketma-ketligi va integrativ xususiyatlariga asoslanib ta’lim oluvchilarning kognitiv kompetentligini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyatga doir tashkiliy-pedagogik strategiyalarni loyihalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslarini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida ECTS (Yevropa kredit transfer tizimi) kredit-modul tizimini tadbiq etish hamda talabalarning erishilgan ko‘nikma va malakasini erkin tan olinishini ta’minlash tamoyillariga ko‘ra ma’ruza, amaliyot, laboratoriya mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan innovatsion o‘qitish texnologiyalarning pedagogik imkoniyatlari amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishning algoritmik ketma-ketligiga asoslangan kompetent yondashuvga ustuvorlik berish asosida kengaytirishga doir takliflardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan I1-XT-0-69735 - “Ta’lim oluvchilarda ijodkorlik, novatorlik va kasbiy mahoratni shakllantirish – barkamol avlodni tarbiyalashning zarur shart-sharoiti sifatida” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasidagi vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2023 yil 10 martdagi 01/15-09/45-son ma’lumotnomasi). Natijada, ECTS kredit-modul tizimida qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalarning pedagogik, didaktik va metodik imkoniyatlari aniqlangan;
oliy ta’lim tizimida fanlararo aloqadorlikni ta’minlashning integrativ mexanizmlari innovatsion yondashuvlarga asoslangan kognitiv strategiyalarning o‘quv materiallarini modullashtirish imkoniyatlariga ko‘ra o‘zlashtirishning mahsuldor darajalarini ta’minlovchi refleksiv bosqichlarni belgilash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Fizikayi molekulaviy” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universitetining 2021 yil 30 apreldagi 10-sonli qaroriga asosan berilgan 312-son nashr ruxsatnomasi). Natijada fizika fanini o‘qitishda fanlararo aloqadorlikni ta’minlashning integrativ mexanizmlariga oid innovatsion texnologiyalarni tasniflash va ulardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan;
novatorlik, yangilikni sezish, yangilikni qabul qilishga tayyorlik, mustaqil ta’lim, kasbiy mahorat, innovatsion pedagogik tafakkur, ijodiy yechimlarni qabul qilishga tayyorlik sifatlarini tarkib toptiruvchi tashkiliy-pedagogik jarayon modeli tarkibi ta’lim olishning barcha shakllari (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy)da qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalarning didaktik va metodik xususiyatlarini samaradorlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra tasniflash asosida takomillashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan I-OT-2019-8 - “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasidagi vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2023 yil 10 martdagi 01/15-09/45-son ma’lumotnomasi). Natijada fizika va biologiya fanlari mazmuni ijodkorlikka oid ko‘nikmalarni shakllantirishga oid innovatsion texnologiyalarning didaktik va metodik ko‘rsatkichlarini aniqlash imkoniyati kengaytirilgan;
konseptual yondashuvlarga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalarning mazmuni texnologik jarayonlarning algoritmik ketma-ketligi va integrativ xususiyatlariga asoslanib ta’lim oluvchilarning kognitiv kompetentligini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyatga doir tashkiliy-pedagogik strategiyalarni loyihalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Fizikayi molekulaviy” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universitetining 2021 yil 30 apreldagi 10-sonli qaroriga asosan berilgan 312-son nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalarning mazmuni fizika fanidan ta’lim natijasiga yo‘naltirilgan pedagogik strategiyalarni loyihalash imkoniyatlari yaratilgan.