Narziyeva Zarrina Abduxalimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilarni xalq qo‘shiqlari vositasida axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish (5-7-sinflar misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2077. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Kiyamov Nishon Sodikovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Mustafoyev Shomurod Normuminovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent; Panjiyev Kurbonniyoz Berdiyevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarining 5-7-sinf o‘quvchilarida axloqiy madaniyatni shakllantirishda xalq og‘zaki ijodining mazmun, shakl, metod va vositalarini aniqlash hamda uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
musiqa madaniyati ta’limida xalq qo‘shiqlarining o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalashdagi imkoniyatlari 5-7 sinflarda ijtimoiy ongni shakllantirishning mnemonik, kognitiv, operasion va refleksiv qonuniyatlariga ko‘ra milliy axloqiy madaniyatning tarkibiy qismlariga oid ko‘rsatkichlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan musiqiy repertuar asosida aniqlashtirilgan;
xalq qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilar axloqiy madaniyatini shakllantirishning metodik xususiyatlari (integrativlik, o‘zaro aloqadorlik) umumta’lim maktablari musiqa darslarida uzviylikning vertikal mazmuniga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
musiqa madaniyati darslarida 5-7-sinf o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimi axloqiy madaniyatni shakllantirish mezonlariga ko‘ra sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda o‘quvchilar ma’naviy dunyosini shakllantirish yo‘nalishlarini belgilash orqali takomillashtirilgan;
xalq qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalash texnologiyasi maktab repertuari mazmunini tarbiya turlarining yaxlitlik tamoyiliga ko‘ra ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishning taksonomik ketma-ketligiga asoslangan musiqa repertuari hamda tarbiyaviy ishlar mazmunini belgilash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Musiqa madaniyati darslarida xalq qo‘shiqlari vositasida axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
musiqa madaniyati ta’limida xalq qo‘shiqlarining o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalashdagi imkoniyatlari 5-7 sinflarda ijtimoiy ongni shakllantirishning mnemonik, kognitiv, operasion va refleksiv qonuniyatlariga ko‘ra milliy axloqiy madaniyatning tarkibiy qismlariga oid ko‘rsatkichlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan musiqiy repertuar asosida kengaytirishga oid oid taklif va tavsiyalar YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovasion pedagogik texnologiyalarning modernizasiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetintng 2022-yil 03-oktyabrdagi 02-07-3302/04-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq og‘zaki ijodini o‘rganish vositasida o‘quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
xalq qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilar axloqiy madaniyatini shakllantirishning metodik xususiyatlari (integrativlik, o‘zaro aloqadorlik) umumta’lim maktablari musiqa darslarida uzviylikning vertikal mazmuniga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflaridan KA-1-003 raqamli “Yoshlarda Vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetintng 2022-yil 03-oktyabrdagi 02-07-3302/04-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimini yanada rivojlantirish doirasida o‘quvchilarning boy madaniy me’rosimizga bo‘lgan munosabatni shakllantirish, milliy fazilatlarning avloddan-avlodga yetkazishga xizmat qilgan;
musiqa madaniyati darslarida 5-7-sinf o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimi axloqiy madaniyatni shakllantirish mezonlariga asoslanib, sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda o‘quvchilar ma’naviy dunyosini shakllantirish yo‘nalishlarini belgilash orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovasion pedagogik texnologiyalarning modernizasiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetintng 2022-yil 03-oktyabrdagi 02-07-3302/04-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq og‘zaki ijodini o‘rganish vositasida o‘quvchilarda axloqiy madaniyatni shakllantirishda xalq qo‘shiqlarining dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar va boshqa tadbirlarda o‘rgatishning mazmun, shakl va metodlarini aniqlash imkoni oshirilgan;
xalq qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalash texnologiyasi maktab repertuari mazmunini tarbiya turlarining yaxlitlik tamoyiliga ko‘ra ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishning taksonomik ketma-ketligiga asoslangan musiqa repertuari hamda tarbiyaviy ishlar mazmunini belgilash asosida takomillashtirishga oid takliflar KA-1-003 raqamli “Yoshlarda Vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetintng 2022-yil 03-oktyabrdagi 02-07-3302/04-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktabi 5-7-sinf ӯquvchilarida musiqiy asarlar, jumladan, xalq qo‘shiqlari vositasida axloqiy madaniyatning shakllangantirishning metodik ta’minoti kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish