Jumaniyazova Maxira Raximbergan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xotin-qizlar salomatligini mustahkamlashda jismoniy madaniyatning ijtimoiy morfofunksional jihatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal742.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Yazdonov Ulug‘bek Toshmurotovich, falsafa fanlari doktori, professor; Tursunkulova Shaxnoza Tuychievna, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning jismoniy va reproduktiv salomatligini mustahkamlash borasidagi dinamik jarayonlarni aniqlash hamda ularga ta’sir etish omillarining konstruktiv jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
salomatlik fenomenining inson hayotiga, sotsial funksiyalarini bajarishga, o‘zligini anglash va kreativ shaxsligini namoyon etishdagi ob’ektiv imkoniyatlari (oilada sog‘lom turmush tarzi, obod ijtimoiy muhit) o‘zaro simbioz rivojlanishidan iborat ekanligi asoslangan;
xotin-qizlar reproduktiv salomatligining jismoniy madaniyat, sport kundalik sog‘lomlashtirish mashqlari, tibbiy-fiziologik va morfofunksional xususiyatlari aniqlanib, salomatlik fenomenining tibbiy va etnotibbiy hamda filogenetik (sog‘lom turmush tarzi, tetiklik, chaqqonlik va ijtimoiy faollik) jihatlari falsafaning deterministik qonuniyati orqali ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar salomatligini mustahkamlashga, ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan islohotlarning insonparvar xarakterda ekanligi, “jismoniy-madaniy sog‘lom ayol” tamoyili va sog‘lom turmush tarzi qadriyatlarga sodiqlik kayfiyati bilan tavsiflanishi falsafiy jihatdan asoslangan;
xotin-qizlar salomatligining ijtimoiy, shaxsiy, madaniy va jismoniy faollik singari morfofunksional jihatlarining muvofiqlashuvi kommunikativ vazifalarni bajaruvchi faoliyat ekanligiga ko‘ra xotin-qizlar organizm holati, xatti-harakatlari va faoliyatiga barqaror ta’sir etishi mantiqiy isbolangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangilanayotgan O‘zbekistonda xotin-qizlarning jismoniy va reproduktiv salomatligini mustahkamlashda jismoniy madaniyatning o‘rni va ahamiyatiga oid amaliy tavsiyalar va takliflar asosida:
salomatlik fenomenining inson hayotiga, sotsial funksiyalarini bajarishga, o‘zligini anglash va kreativ shaxsligini namoyon etishgagi ob’ektiv imkoniyatlari (oilada sog‘lom turmush tarzi, obod ijtimoiy muhit) o‘zaro simbioz rivojlanishidan iborat ekanligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respubdikasi “Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash” vazirligining “Qizlarning iqtidor va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash haftaligi”ni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda va “Xonadon gigienasini besh yulduzli mezon asosida baholash” mavzusidagi elektron platformasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respubdikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash vazirligining 2022 yil 10 iyundagi 04-02/143-son ma’lumotnomasi). Natijada, vazirlikning samaradorligini oshirishga hamda aholining sog‘lom turmush tarzini yuksaltirishga xizmat qilgan;
xotin-qizlar reproduktiv salomatligining jismoniy madaniyat, sport kundalik sog‘lomlashtirish mashqlari, tibbiy-fiziologik va morfofunksional xususiyatlari aniqlanib, salomatlik fenomenining tibbiy va etnotibbiy hamda filogenetik (sog‘lom turmush tarzi, tetiklik, chaqqonlik va ijtimoiy faollik) jihatlari falsafaning deterministik qonuniyati orqali ochib berilganligiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” mavzusidagi loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2022 yil 11 avgustdagi 5-309-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining faoliyat samaradorligini oshirishga hamda ayollarning sog‘lom turmush tarzini yuksaltirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar salomatligini mustahkamlashga, ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan islohotlarning insonparvar xarakterda ekanligi, “jismoniy-madaniy sog‘lom ayol” tamoyili va sog‘lom turmush tarzi qadriyatlarga sodiqlik kayfiyati bilan tavsiflanishiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasining “Xorazm shaharlarining tarixi, madaniy meroslari, obidalari va san’at asarlarining tadqiqodlari asosida SMART texnologiyalarni yaratish” mavzusidagi I-FA-2019-25 raqamli hamda “Dorul hikmat val maorif” zamonaviy virtual muzeyini yaratish” mavzusidagi PZ-2020103078 raqamli amaliy loyihalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasining 2022 yil 26 iyuldagi 159/1-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning jismoniy va reproduktiv salomatligini ta’minlash tajribalari, jismoniy madaniyatda innovatsion (gender tenglik va feministik tahlil), jismoniy-madaniy sog‘lom ayolning ijtimoiy morfofunksional modeli kabi masalalardagi muhim ilmiy xulosalar nazariy hamda amaliy jihatdan muhim manba bo‘lishi va mazkur loyihalarning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini yoritishga xizmat qilgan;
xotin-qizlar salomatligining ijtimoiy, shaxsiy, madaniy va jismoniy faollik singari morfofunksional jihatlarining muvofiqlashuvi kommunikativ vazifalarni bajaruvchi faoliyat ekanligiga ko‘ra xotin-qizlar organizm holati, xatti-harakatlari va faoliyatiga barqaror ta’sir etishiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2021-2022 yillarda efirga uzatilgan “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Dugonalar” dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 14 iyundagi 04-36-916-son ma’lumotnomasi). Natijada, xotin-qizlarning sog‘lom turmush tarzi va madaniyati rivojlanishi bilan bog‘liq dasturlar va innovatsion g‘oyalarlarni ishlab chiqish ishlarni yanada takomillashtirishga hamda yoshlarda sog‘lom madaniy hayot tarzini shakllantirishga xizmat qilgan.