Xodjaniyazov Xamid Utkirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pirido[2,3-d]pirimidin-4-onlar sintezi va kimyoviy o‘zgarishlari», 02.00.03–Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/K30.
Ilmiy maslahatchi: Sagdullaev Shamansur Shaxsaidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Azizov Umarxon Muxtarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Matchanov Alimjon Davlatboevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:pirido[2,3-d]pirimidin-4-onlar sintezi va elektrofil reagentlar bilan reaksiyalaridagi reaksion qobiliyatini qiyosiy aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tarkibida pirimidin halqasi bilan kondensirlangan uch, to‘rt va beshta metilen zanjiri saqlagan 2,3-polimetilenpirido[2,3-d]-pirimidin-4-onlar sintez qilingan;
ilk bor 2,3-polimetilenpirido[2,3-d]pirimidin-4-onlarning aromatik al`degidlar bilan kondensatsiyalari hamda elektrofil reagentlar, Vil`smeyer-Xaak reagenti bilan reaksiyalari, shuningdek, natriy borgidridi ishlatilgan holda qaytarilish reaksiyalarining borishi isbotlangan;
48 ta pirido[2,3-d]pirimidin-4-on vakili sintez qilinib, 30 ta yangi birikmaning tuzilishi aniqlangan;
ilk bora pirido[2,3-d]pirimidin-4-onlardagi qo‘sh bog‘ga bog‘langan dimetilamino-guruhning amino-guruhda nukleofil almashinish reaksiyalari sodir bo‘lishi isbotlangan;
2,3-trimetilenpirido[2,3-d]pirimidin-4-ondagi N1=C2 qo‘sh bog‘ini selektiv qaytarish natijasida optik izomerlar hosil bo‘lishi isbotlangan;
2,3-trimetilenpirido[2,3-d]pirimidin-4-onning α-S dagi vodorod atomlarining kuchli ishqoriy va kislotali muhitda deyteriyga almashinishi aniqlangan;
2,3-polimetilenpirido[2,3-d]pirimidin-4-onlar, ularning kimyoviy o‘zgarish mahsulotlari tuzilishi spektral usullarda va rentgen tuzilish tahlili usulida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Pirido[2,3-d]-pirimidin-4-onlarning kimyoviy o‘zgarishlarini amalga oshirib sintez qilingan yangi birikmalar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
(E)-9-(4-nitrobenziliden)-8,9-digidropirido[2,3-d]pirrolo[1,2-a]-pirimidin-5(7H)-on, (E)-9-(N,N-dimetilaminometiliden)-8,9-digidro-pirido[2,3-d]pirrolo[1,2-a]pirimi-din-5(7H)-on va (E)-11-amino-metiliden-10,11-digidropirido[2,3-d]azepano[1,2-a]pirimidin-5(7H)-on birikmalarining rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembrij markaziy kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam, CCDC, 1456732, 1476418, 1530092). Natijada bazaga kiritilgan yangi moddalar o‘xshash moddalarni sintez qilishda foydalanish imkonini bergan;
pirido[2,3-d]pirimidin-4-onlar sintezi va kimyoviy o‘zgarishlari sohasida olingan ma’lumotlardan xorijdagi 3 ta impakt-faktori yuqori ilmiy jurnallarda birikmalarning fizik-kimyoviy va spektral tahlili uchun foydalanilgan (Journal of Basic and Applied Research, 2016, V. 2. №4. -P. 464-469, Scientific Journal Impact Factor, IF 3.458; Journal of Basic and Applied Research, 2016, V. 2. №4. -P. 476-479, Scientific Journal Impact Factor, IF 3.458; American Chemical Science Journal, 2015, V. 6. (02.00.00; № 2)). Natijada pirimidin hosilalari va ularning analoglari qatorida birikmalarni sintez qilishga va yangi biologik faolliklarning aniqlash imkonini bergan;
yangi moddalarning olinish usullari va kimyoviy xossalari oliy ta’lim muassasalarining kimyo ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «Organik kimyo» nomli darsligida o‘z ifodasini topgan (79-005-son guvohnoma). Natijada ta’lim jarayonida mashg‘ulotlar mazmunini takomillashtirishga, o‘quv dasturlarini tayyorlash hamda fanni o‘qitishda ta’lim samaradorligini oshirishga erishilgan;
pirido[2,3-d]pirimidin-4-onlar sintezi va kimyoviy o‘zgarishlari bo‘yicha olingan natijalardan FA-F7-T207 raqamli «Biologik faol geterotsiklik birikmalar molekulasida asimmetrik markaz hosil qilishning nazariy muammolari» mavzusidagi loyihada kondensirlangan [2,3-d]pirimidin-4-onlarning pirimidin halqasidagi N1=C2 qo‘sh bog‘ni qaytarib, tarkibida asimmetrik uglerod atomi saqlagan birikmalarni sintez qilishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 18 avgustdagi FTA-02-11/513-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan usul optik faol birikmalarni YuSSX usulida xiral adsorbentli kolonka yordamida individual moddalarga ajratish uchun xizmat qilgan.