Axmetjanova Muqaddas Vaxabovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. «Teatr san’atining ekzistensial mohiyati va milliy ong shakllanishiga ta’siri», 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (estetika) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/FaI26.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy maslahatchi: Agzamxodjaeva Saida Sabitxanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Samadov Aktamkul Rafikovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor;  Muxtarov Ildar Askadovich, san’atshunoslik fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi teatr san’atining falsafiy ekzistensial mohiyati va milliy ong shakllanishiga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
teatr san’atining ekzistensial mohiyati insonning borliqni estetik-artologik idrok etishiga, genezisi va shakllanishi esa, ommaviylashuv va professionallashuv bosqichlaridagi etnoestetik tajribalarga hamda badiiy-estetik ongda ro‘y bergan permanent o‘zgarishlarga borib taqalishi asoslangan;
O‘zbekiston teatrlarining resipientlarda milliy o‘zlikni anglash va tarixiy ongni yuksaltirish borasidagi badiiy-estetik, ijtimoiy-madaniy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlari va milliy qahramon yaratishga oid etnoestetik tajribalari, estetik-artologik izlanishlari ochib berilgan;
o‘zbek teatrlaridagi modernizatsiya jarayonlarining milliy ongni yuksaltirishga yo‘naltirilgan potensial resipient-tasodifiy resipient-faol resipient tizimi orqali oddiy auditoriyani faol resipientga aylantirish va ushbu resipientlar faolligiga tayanish hamda ijodiy hamkorlik o‘rnatish orqali teatrning imijini yaratishning differensial xususiyatlari aniqlangan;
o‘zbek teatr san’atida zamonaviy o‘zbek teatrlaridagi milliy qahramon va etnoportret yaratish, potensial resipientdan faol resipientni shakllantirish, teatr bilan auditoriya o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik va dialog o‘rnatish jarayonlarining milliy qadriyatlarni ulug‘lash, xalqchillik, ommaviylashish va professionallashuv singari etnoestetik jihatlari ochib  berilgan;
teatrlarda Uchinchi Renessans g‘oyasini targ‘ib etish orqali resipient milliy ongida Yangi O‘zbekiston obrazini shakllantirish, resipientning badiiy-estetik ehtiyojlarini qondirish, badiiy-estetik didini yuksaltirish va uni faol resipientga aylantirishning umumfalsafiy paradigmalari, ilmiy-etimologik, estetik-artologik, ekzistensial-falsafiy, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy tamoyillari aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Teatr san’atining ekzistensial mohiyati va milliy ong shakllanishiga ta’siri bilan bog‘liq muammolarni tadqiq qilish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
teatr san’atining ekzistensial mohiyati insonning borliqni estetik-artologik idrok etishiga, genezisi va shakllanishi esa, ommaviylashuv va professionallashuv bosqichlaridagi etnoestetik tajribalarga hamda badiiy-estetik ongda ro‘y bergan permanent o‘zgarishlarga borib taqalishi asoslanganligiga oid nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2019-2021 yillarda bajarilgan IZ-20190881663 raqamli “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan vebsayt va mul`timedia mahsulotlari to‘plamini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2022 yil 21 fevraldagi 01/04-07-son ma’lumotnomasi). Natijada grant loyiha doirasida tayyorlangan elektron dasturlar va tadqiqotlarning ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;  
O‘zbekiston teatrlarining resipientlarda milliy o‘zlikni anglash va tarixiy ongni yuksaltirish borasidagi badiiy-estetik, ijtimoiy-madaniy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlari va milliy qahramon yaratishga oid etnoestetik tajribalari, estetik-artologik izlanishlari ochib berilganligiga oid nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Teatr Arboblari uyushmasining faoliyatida, bir qator loyihalarni amalga oshirish jarayonida, xususan, 2018 yilning 12-20 may kunlari o‘tkizilgan Qo‘g‘irchoq teatrlarining an’anaviy-ko‘rik festivallari, 2019 yilning 25 apreldan 2 maygacha o‘tkazilgan I-Xalqaro Opera va balet san’ati festivalini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Teatr Arboblari uyushmasining 2022 yil 1 martdagi 01-01-12-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston fuqarolarining tarixiy asarlarga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga, tarixiy ongni yuksaltirishga, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishishlariga xizmat qilgan;
o‘zbek teatrlaridagi modernizatsiya jarayonlarining milliy ongni yuksaltirishga yo‘naltirilgan potensial resipient-tasodifiy resipient-faol resipient tizimi orqali oddiy auditoriyani faol resipientga aylantirish va ushbu resipientlar faolligiga tayanish hamda ijodiy hamkorlik o‘rnatish orqali teatrning imijini yaratishning differensial xususiyatlari aniqlanganligiga oid nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining bir qator loyihalarini amalga oshirish jarayonida, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlarida  belgilangan ustivor vazifalar ijrosini ta’minlashda, jumladan, «Palette of Ballet» («Balet jilosi») xalqaro festivali, Teatr san’ati Xalqaro Forumi, «Debyut», «Seni kuylaymiz, zamondosh!» festivallari loyihalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 1 martdagi 01-12-05-779-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston fuqarolarining milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishishlariga, oliy ta’lim muassasalarida barkamol insonni tarbiyalash ishlarini tizimli tashkil etishga xizmat qilgan;
o‘zbek teatr san’atida zamonaviy o‘zbek teatrlaridagi milliy qahramon va etnoportret yaratish, potensial resipientdan faol resipientni shakllantirish, teatr bilan auditoriya o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik va dialog o‘rnatish jarayonlarining milliy qadriyatlarni ulug‘lash, xalqchillik, ommaviylashish va professionallashuv singari etnoestetik jihatlariga oid nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalardan 2019-2021 yillarda bajarilgan IZ-20190881663 raqamli “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan vebsayt va mul`timedia mahsulotlari to‘plamini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha eksponantini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2022 yil 21 fevraldagi 01/04-07-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyiha ijrosini ta’minlash orqali yoshlarning badiiy-estetik madaniyati va intelektual faolligini oshirishga xizmat qilgan;  
teatrlarda Uchinchi Renessans g‘oyasini targ‘ib etish orqali resipient milliy ongida Yangi O‘zbekiston obrazini shakllantirish, resipientning badiiy-estetik ehtiyojlarini qondirish, badiiy-estetik didini yuksaltirish va uni faol resipientga aylantirishning umumfalsafiy paradigmalari, ilmiy-etimologik, estetik-artologik, ekzistensial-falsafiy, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy tamoyillari aniqlanganligiga oid konseptual g‘oyalar, nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalardan 2021-2022 yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston» teleradiokanalining «Bedorlik», «Adabiy jarayon», «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat» eshittirishlarining dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyaning 2022 yil 11 martdagi 03-321-98-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning estetik saviyasini oshirishga, oxirgi yillarda o‘zbek teatr san’atida erishilgan yutuqlar, innovatsion izlanishlar, yangi-yangi sahna asarlari borasidagi bilimlarining shakllanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish