Usenov Rasul Bovirjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qolmaqir koni oksidlangan va aralash ma’danlarini boyitiluvchanligini o‘rganish», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari). 
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3268.
Ilmiy rahbar: Almatov Ilxomjon Mirzabek o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: “Mineral resurslar instituti” Davlat muassasasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Sharafutdinov Ulugbek Ziyatovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xudoyarov Suleyman Rashidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mis, oltin va boshqa metallarni ajratib olish imkonini beruvchi Qolmaqir konining oksidlangan va aralash mis ma’danlarini qayta ishlashning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qolmaqir konining oksidlangan va aralash mis ma’danlaridan misni ajratib olishda agitatsion chanlarda tanlab eritish hamda ekstraksiya va reekstraksiya jarayonlarini qo‘llagan holda qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
birinchi marta Qolmaqir konining oksidlangan va aralash mis ma’danlaridan mis katodi ajratib olingan;
Qolmaqir konining oksidlangan va aralash mis ma’danlaridan agitatsiya chanlardan chiqqan kekni flotatsion boyitish usulidan foydalangan holda oltinni ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
Qolmaqir konining oksidlangan va aralash mis ma’danlaridan boyitishning kombinatsiyalashgan usulidan foydalangan holda mis va oltin ajratib olish imkoniyati asoslangan va eksperimental tarzda tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qolmaqir konining oksidlangan va aralash ma’danlari boyitiluvchanligini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qolmaqir konining oksidlangan va aralash mis ma’danlarini qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologiya «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 29 sentyabrdagi AA-009642-son guv malumotnomasi). Natijada, Qolmaqir konining oksidlangan va aralash mis ma’danlaridan boyitishning kombinatsiyalashgan usulidan foydalangan holda mis va oltin ajratib olish imkonini bergan;
gidrometallurgiya jarayonlaridan va flotatsion boyitish usullaridan foydalangan xolda kombinatsiyalashgan sxema «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 29 sentyabrdagi AA-009642-son malumotnomasi). Natijada, Qolmaqir konining oksidlangan va aralash mis ma’danlarini ekologik xavfsiz va yuqori samarali texnologiya asosida qayta ishlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish