Moydinov Dilyorbek Abidjanovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Engil avtomobil ichki yonuv dvigatellarining sovutish tizimi ishlab chiqarish jarayoni parametrlarini optimizatsiyalash», 05.08.06 – «G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2420
Ilmiy rahbar: Salomov O‘ktam Raximovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon mashinasozlik instituti, PhD.03/30.09.2020.T.124.01
Rasmiy opponentlar: Sharipov Qongiratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor; Djumabaev Alijon Bakishevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Engil avtomobil ichki yonuv dvigatellarining sovutish tizimidagi radiatorlar ishlab chiqarish jarayoni parametrlarini optimizatsiyalash va nuqsonni bartaraf etish orqali ichki yonuv dvigatelning samaradorligini oshirish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
engil avtomobil ichki yonuv dvigatellarining sovutish tizimi ishlab chiqarish jarayoni parametrlarini optimizatsiyalashda ichki yonuv dvigatelli avtomobil radiatorlarining ichki ishchi yuzasida hosil bo‘ladigan yod kimyoviy moddaning hosil bo‘lishini hisobga olgan holda radiator geometrik parametrlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni samaradorlikka ta’sirini aniqlash imkonini beruvchi hisobiy ifoda taklif etilgan;
radiatorini ichki ishchi yuzasida yod kimyoviy moddaning hosil bo‘lishini tavsiflashdageometrik parametrlarini hisobga olgan xolda naychalar orasidagi havo oqimining turbulentlik holati uchun hosil bo‘ladigan cho‘kindi suyuqligining turli o‘lchamlari va Reynolds soni (Re=7000-24000) qiymatlari oralig‘ida maqbul havo bosimi rejimini aniqlab beruvchi matematik modeli ishlab chiqilgan;
ichki yonuv dvigatelli avtomobil radiatorlarining ichki ishchi yuzasida hosil bo‘ladigan yod kimyoviy moddaning hosil bo‘lishini tavsiflashda Reynol`ds soni qiymatini issiqlik oqimi koeffisientiga bog‘liqholda radiator ichki yuzasida hosil bo‘ladigan “bosim, harorat, issiqlik uzatish” koeffisientlari qiymatlarini aniqlash imkonini beruvchi immitatsion modeli ishlab chiqilgan;
ichki yonuv dvigatelli avtomobil radiatorlarining ichki ishchi yuzasida noma’lum yod moddaning hosil bo‘lishini tavsiflovchi stend qurilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Engil avtomobil ichki yonuv dvigatellarining sovutish tizimi ishlab chiqarish jarayoni parametrlarini optimizatsiyalash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
engil avtomobil ichki yonuv dvigatellarining sovitish tizimi ishlab chiqarish jarayoni parametrlarini optimizatsiyalash usuli, ichki ishchi yuzasida noma’lum yod moddaning hosil bo‘lishini tavsiflovchi stend qurilmasi va dasturiy ta’minoti (DGU 12764) “O’ZERAE Climate Control” MChJ korxonasigajoriy etilgan (“UzAuto” AJ 2021 yil 22 noyabrdagi 19/04-25-2127-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, radiatorlar ishlab chiqarish jarayonida qo‘llaniladigan kimyoviy birikmalarni 10% ga tejab qolish imkoniyati yaratilgan;
ichki yonuv dvigatelli avtomobil radiatorlarining ichki ishchi yuzasida noma’lum yod moddaning hosil bo‘lishini tavsiflovchi stend qurilmasi “TOSHKENTDEU” MChJ korxonasigajoriy qilingan (“UzAuto” AJ 2021 yil 22 noyabrdagi 19/04-25-2127-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tizimda nuqsonsiz radiatorlar ishlab chiqarish sifatini 30% ga oshirish imkonini bergan;.