Tursunova Iroda Nematovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Past navli Qizilkum fosforitlarini nitroza gazlari bilan qayta ishlash usullarini ishlab chiqish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T175.
Ilmiy rahbar: Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Maksudbek Jabbievich, texnika fanlari doktori, professor; Tadjiev Sayfitdin Muxitdinovich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy elektrokimyo zavodi qo‘shma korxona-aksiyadorlik jamiyati.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chiqindi nitroza gazlari (ChNG)dan va past navli fosforit (PNF)lardan azotfosforkal`siyli konsentrat (AFKK) olishni ekologik samarali usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta past navli MK fosforitlarini chiqindi nitroza gazlari bilan qayta ishlab, xususiyatlari yaxshilangan azofosforkal`siyli konsentrat olish ekologik samarador usuli yaratilgan;
past navli fosforitlarida tarkibida kimyoviy tabiati bilan farklanuvchi, muhit rN o‘zgarishiga sezgir, ularni qayta ishlashning mavjud va yangi yaratiladigan usullarini asoslab beruvchi ikki xil tarkibiy qismlar aniqlangan;
suvli muhitda past navli fosforitlarni va nitroza gazlarini uzaro eruvchanligi va ta’sirlashuv mexanizmlari bo‘yicha yangi ilmiy ma’lumotlar olinib, texnologik jarayonining optimal sharoitlari aniqlangan;
PNFlarni ChNG bilan qayta ishlash jarayoni va undan keyingi saqlash (etilish) davrida fosforit tarkibidagi endokal`sit to‘liq parchalanib, fosfatli xomashyoning appatit ko‘rinishlarda qolishi aniqlangan;
PNFlarni ChNG bilan qayta ishlash maxsulotlarining paxta chigiti (urug‘i)ning unib chiqishi ularni azotfosforkal`siyli o‘g‘it holida ishlatilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Past navli Markaziy Qizilkum fosforitlarini chiqindi nitroza gazlari bilan qayta ishlash usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
past navli MQ fosforitlarini chiqindi nitroza gazlari bilan qayta ishlash usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (patentga № IAP 04343). Natijada shu usul asosida azotfosforkal`siyli konsentrat va kal`siy nitrit-nitrati olish imkonini bergan;
past navli MQ fosforitlarini ChNG bilan qayta ishlash usuli «Navoiazot» AJda amaliyotda joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasining 2018 yil 30 yanvardagi 02-06-01/1290-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan mahsulotda SaO/R2O5 ni 2,67 dan 1,45 gacha kamaytirish imkonini bergan;
past navli MQ fosforitlarini ChNG bilan qayta ishlash usuli «Navoiazot» AJda amaliyotda joriy etilgan («Navoiazot» AJning 2018 yil 12 fevraldagi 03/1568-son ma’lumotnomasi). Natijada nitrat kislotasi ishlab chiqarishda mahsulot tannarxi kamayishi va atrof-muhitga chiqarilayotgan zaharli chiqindi nitroza gazlari miqdorini kamayishiga imkoniyat yaratgan.