Xaydarova Muxtabar Mannapovnaning

fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda bronxial obstruksiya sindromi bilan kechuvchi nafas olish a’zolarining o‘tkir kasalliklarini  davolash, reabilitatsiya va profilaktikasining patogenetik xususiyatlari», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).

Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSs/Tib71.

Ilmiy maslahatchi: Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.27.06.2017.Tib.29.01.

Rasmiy opponentlar: Shamsiev Fazlitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bobomuratov Turdikul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamalov Zaynitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda bronxial obstruksiya sindromi bilan kechuvchi nafas olish a’zolarining o‘tkir kasalliklarini  davolash, reabilitatsiya va profilaktikasining patogenetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kal`siy va kal`siyni tartibga soluvchi gormonlar almashinuvi, qon zardobidagi limfotsitlar membranasi struktur-funksional holatining buzilishi, bronx-o‘pka patologiyali bemorlarda ko‘p hollarda bronxial obstruksiya kuchayishiga ko‘maklashgan holda patologik jarayonlar dinamikasiga ta’sir etuvchi ushbu o‘zgarishlarning bog‘liqligi isbotlangan;

bolalarda irsiy moyillik, og‘irlashgan premorbid fon, onaning homiladorlik va laktatsiya davridagi noto‘g‘ri ovqatlanishi, bola ovqatlanishining buzilishi, bolalarda bronx-o‘pka patologiyasida bronxial obstruksiya rivojlanishining xavf omillari ekanligi asoslangan;

bronxial obstruksiya bilan kechuvchi bronx-o‘pka patologiyali bolalarda CD3+–, CD4+–, CD8+–, CD16+– limfotsitlar, neytrofillar fagotsitar faolligining kamayishi, SD20+– limfotsitlarning ko‘payishi, gumoral bo‘g‘in faollashuvi, yallig‘lanish oldi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar ishlab chiqarilishining kuchayishi hamda obstruksiyaning qaytalangan holatlari rivojlanishida sitokin profili va IgE nomutanosibligining o‘rni asoslangan;

bronx-o‘pka patologiyasidagi bronxial obstruksiya bilan kasallangan bemorlarning vegetativ sezuvchanligining gipersimpatikotonik, asipmpatikotonik turlari  isbotlangan;

bolaning psixologik holati, uning patologik jarayon klinik kechishiga ta’siri bronx-o‘pka  patologiyasida qaytalanish holatlari shakllanishida ota-onaning bolaga nisbatan munosabatining o‘rni va ahamiyati asoslangan;

ilk bor membranastabilizatorlar, immunomodulyatorlar, vegetotrop preparatlar va korreksiyalashning psixologik metodlarini kiritish bilan aniqlangan buzilishlarni samarali tuzatish imkonini beruvchi bronxial obstruksiya bilan kechuvchi bronx-o‘pka patologiyalarini davolash, reabilitatsiya va profilaktikasining differensial asoslangan tizimi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bolalarda bronxial obstruksiya sindromi bilan kechuvchi nafas olish a’zolarining o‘tkir kasalliklarini davolash, reabilitatsiya va profilaktikasining patogenetik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Bronxial obstruksiyaning ko‘p uchrovchi o‘tkir respirator infeksiyalarida bolalarni reabilitatsiya qilish va dispanser kuzatuvi qoidalari» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 2 martdagi 8n-d/11-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bolalar orasida o‘tkir respirator infeksiyalarning dispanser kuzatuvini tashkillashtirish mezonlari va kasallikni davolash va reabilitatsiya ishlarini samarali davolash imkonini bergan;

«Bolalarda qaytalanuvchi obstruktiv bronxitni davolashga zamonaviy yondashuv» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 13 yanvardagi 8sh/15-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bolalarda bronxial obstruksiya bilan kechuvchi bronx-o‘pka patologiyasini davolash tizimida an’anaviy usulga nisbatan kasallikning takrorlanishini 45% dan 13% gacha kamaytirish imkonini bergan;

«O‘tkir zotiljam bilan tez-tez kasal bo‘ladigan bolalarni davolashga zamonaviy yondashuv» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2010 yil 22 sentyabr` 8m/151-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy qo‘llanma immunologik ko‘rsatkichlarning yaxshilanishiga va kasallikni takrorlanishini kamayishiga yordam bergan;

bolalarda bronxial obstruksiya sindromi bilan kechuvchi nafas olish a’zolarining o‘tkir kasalliklarini davolash, reabilitatsiya va profilaktikasining patogenetik xususiyatlarini inobatga olib tashkillashtirilgan  davolash usuli sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy markazining pulmonologiya va allergologiya bo‘limlariga, Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 9 va 34-oilaviy poliklinikalariga, Toshkent va Jizzax viloyatlaridagi ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlarining klinik amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 9 yanvardagi 8n-z/4-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida kasallikni o‘z vaqtida aniqlash, davolash, profilaktika sifatini oshirish, bronxial obstruksiyani qaytalanishini ikki barobar kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish