Mullaeva Lola Djavlanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nomuvofiq immun javob beruvchi bolalarda vaksinoprofilaktika natijalarini mukammallashtirishga majmuiy yondashuvni asoslash», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan rakam: B2017.1.DSs/Tib64.
Ilmiy maslahatchi: Maxmudova Dil`bar Inoyatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Fazlitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bobomuratov Turdikul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailova Adolat Abduraximovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Sechenov nomidagi Moskva tibbiyot akademiyasi (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: profilaktik emlashlarda immun javobning shakllanishi hamda immunizatsiya xavfi va foydasining o‘zaro nisbatini aniqlash asosida salomatligida o‘zgarishlar bo‘lgan bolalarda vaksinoprofilaktikaga yondashuvlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
allergik kasalliklari bo‘lgan bolalarda umumiy leykotsitar antigeni CD45ning AKDS+VGV+XIB va KPK vaksinalar bilan in vitro ekpressiyasi darajasining dinamikada o‘zgarishi isbotlangan;
salomatligida o‘zgarishlari bo‘lgan bolalarda emlash jarayoniga etarli bo‘lmagan yoki haddan ortiq javob reaksiyasini aniqlab beruvchi bemorga bog‘liq asosiy ante-intra va postnatal omillar aniqlangan;
salomatligida o‘zgarishlari bo‘lgan bolalar immun reaktivligi boshlang‘ich holatidan immun javob bilan emlash samaradorligiga bog‘liqligi aniqlangan;
salomatligida o‘zgarishlari bo‘lgan bolalarda emlash samaradorligi va xavfsizligining klinik-immunologik mezonlari aniqlangan;
kasallik og‘irlik darajasi, remissiyasining davomiyligi, emlash muddatlarini hisobga olgan holda salomatligida o‘zgarishlar bo‘lgan bolalarni individual yondashuvga asoslangan emlash usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Salomatligida o‘zgarishlar bo‘lgan bolalarda emlash davrining kechishi, past immun javob va o‘ta yuqori reaksiyalar xavf omillari, emlashdan oldingi immun reaktivligi asosida immunoprofilaktikani takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Alohida guruh bolalarining vaksinoprofilaktikasi» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2011 yil 5 maydagi 8sh/70-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan uslubiy qo‘llanmaning joriy etilishi salomatligida o‘zgarishlar bo‘lgan bolalarni boshqariluvchi infeksiyalarga qarshi emlashga tayyorlashda metodik yondashuvlarni takomillashtirish imkonini bergan;
«Emlashdan keyingi reaksiyalar va asoratlar (tashxislash, klinik kechishi, tasnifi)» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil 12 noyabrdagi 8sh/272-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy qo‘llanma aholining emlashga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirib, vaksina bilan bog‘liq xavf omillarining rivojlanish sabablarini aniqlashda metodik asos bo‘lib xizmat qilgan;
«Emlashdan keyingi asoratlarni o‘tkazgan bolalarning dispanserizatsiyasi» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 25 martdagi 8si/85-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan uslubiy qo‘llanma emlashdan keyingi asorat o‘tkazgan bolalarda reabilitatsiya davolashning metodik asosi bo‘lib xizmat qilgan;
salomatligida o‘zgarishlar bo‘lgan bolalarda kasallikning og‘irlik darajasi va emlash muddatlariga bog‘liq holda individual yondashuvga asoslangan boshqariluvchi infeksiyalarga qarshi samarali va xavfsiz emlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 27 yanvardagi 36-son «Boshqariluvchi yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasini tashkil etish va o‘tkazish haqida» buyrug‘i asosida sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi maslahat poliklinikasiga, Nukus shahri 4-bolalar poliklinikasiga hamda Jizzax viloyati Forish tumanidagi bolalar poliklinikasi amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 yanvardagi 8n–z/11-son ma’lumotnomasi). Tatbiq etilgan natijalar an’anaviy usullarga nisbatan salomatligida muammolar bo‘lgan bolalarni emlash samaradorligini oshirish, bemorning hayot sifatini yaxshilash, reanimatsiya va intensiv davolash bo‘limlarida bo‘lish muddatlarining 1,5 yotoq/kunga qisqartirish bilan emlashdan keyingi asoratlar va reaksiyalarni kamaytirishga xizmat qilgan.