Maxmanov Ergash Binoqulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning fizikadan amaliy kompetentligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped2732.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Tadjibayev Ikram Uralbayevich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xujanov Erkin Berdiyevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning fizikadan amaliy kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida fizikaga doir amaliy kompetentlikning motivatsion, kognitiv va sub’yektiv komponentlarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari o‘quv jarayoni mazmunini fundamentlashtirish, generallashtirish omillarini ishtirokchilarda kuchli va barqaror ijobiy motivlarni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan qayta aloqa muhitiga “mashq-harakat-shaxsiy pozisiya” munosabatlarni singdirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarni fizikadan amaliy kompetentliligini rivojlantirishning tashkiliy-funksional modeliga asoslangan integrativ-metodik modeli maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan komponentlar uzviyligida fizikadan mantiqiy va sifatiy masalalarni evristik-refleksiyali jarayonda iyerarxik qo‘llash hamda didaktik birliklarning semantik mazmuni bilan boyitilgan mantiqiy tuzilmalarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning fizikadan amaliy kompetentliligini rivojlantirish metodikasi laboratoriya mashg‘ulotlarida gnoseologik, metodologik, didaktik ilmiy va o‘quv bilish metodini qo‘llash orqali reproduktiv, produktiv, refleksiv bosqichlarda empirik asosdan dialektik natijaga yo‘naltirilgan mualliflik modellarini yaratishga o‘rgatuvchi ko‘p funksiyali topshiriqlar tizimini ishlab chiqish hamda mobil moslashuvchanlikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida fizikadan amaliy kompetensiyalarning shakllanganligini baholashning motivatsion, kognitiv va subyektiv mezonlari fizik hodisalarni kuzatish, bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil qilish, sintez qilish kabi o‘quv laboratoriya maqsadlariga erishishni ta’minlaydigan kasbiy faoliyat keyslarini axborotli muhitning umumlashgan tajribalar kombinatsiyasida qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
III.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning fizikadan amaliy kompetentligini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida fizikaga doir amaliy kompetentlikning motivatsion, kognitiv va sub’yektiv komponentlarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari o‘quv jarayoni mazmunini fundamentlashtirish, generallashtirish omillarini ishtirokchilarda kuchli va barqaror ijobiy motivlarni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan qayta aloqa muhitiga “mashq-harakat-shaxsiy pozisiya” munosabatlarni singdirish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Fizikadan mantiqiy va sifatiy masalalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233–son buyruq, 233-0105 raqamli guvohnoma). Mazkur o‘quv qo‘llanmadan ta’lim jarayonida foydalanish talabalarning fizikadan amaliy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarni fizikadan amaliy kompetentliligini rivojlantirishning tashkiliy-funksional modeliga asoslangan integrativ-metodik modeli maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan komponentlar uzviyligida fizikadan mantiqiy va sifatiy masalalarni evristik-refleksiyali jarayonda iyerarxik qo‘llash hamda didaktik birliklarning semantik mazmuni bilan boyitilgan mantiqiy tuzilmalarni ishlab chiqish asosida takomillashga oid takliflardan “Fizikadan mantiqiy va sifatiy masalalar” nomli elektron modulni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innivatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 27 yanvar 2023 yildagi 02/01-01-08 son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan integrativ-metodik model talabalarning amaliy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarning fizikadan amaliy kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishda ilmiy va o‘quv bilish metodini qo‘llash orqali reproduktiv, produktiv, refleksiv bosqichlarda empirik asosdan dialektik natijaga yo‘naltirilgan mualliflik modellarini yaratishga o‘rgatuvchi ko‘p funksiyali topshiriqlar tizimini ishlab chiqish hamda mobil moslashuvchanlikni ta’minlash hamda baholashning motivatsion, kognitiv va subyektiv mezonlari fizik hodisalarni kuzatish, bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil qilish, sintez qilish kabi o‘quv laboratoriya maqsadlariga erishishni ta’minlaydigan kasbiy faoliyat keyslarini axborotli muhitning umumlashgan tajribalar kombinatsiyasida qo‘llashga doir takliflar TATU Qarshi filiali ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 609715-EPP-1-2019-1-UZ-EPPKA2-CBNE-JP “SCPACECOM: Kosmik nurlar va aloqa muhandisligi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi (2020-2023 yy.)” nomli loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innivatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 27 yanvar 2023 yildagi 02/01-01-08 son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning fizikadan amaliy kompetentligini rivojlantirishning axborotli muhiti yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish