Orziqulov Bahrom Xolmuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishning ijtimoiy-ma’naviy asoslari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (Falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal566.
Ilmiy rahbar: Musayev Odiljon Raxmatovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Tilavov O‘ktam G‘ulomovich, falsafa fanlari doktori; Azamat Muxtarov, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishning ijtimoiy-ma’naviy asoslarini ilmiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ziyorat turizmining diniy, madaniy, akseologik, gnoseologik ehtiyojlarga qaratilgan xalqning tarixiy qadamjolari vositasida vatanparvarlik, mardlik, jasurlik ruhini aks ettirishi tarbiyalashga da’vat etuvchi asosiy g‘oyaviy kuch ekanligi ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berilgan;
ziyorat turizmining ijtimoiy-ma’naviy qadriyat sifatidagi evolyusiyasi va epistemologik, germenevtik, semiotik omillari negizida arxitektura sohasining simvolik jihati ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, diniy-axloqiy hamda estetik talablar asosida shakllanishi ochib berilgan;
O‘zbekistonda ziyorat turizmini dinamik va statik imkoniyatlaridan foydalanishning milliy infratuzilmasi, ziyorat turizmini rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan mavjud ijtimoiy, iqtisodiy-moliyaviy va ekologik muammolarni bartaraf etishning strukturaviy-intensiv usullari va globallashuv sharoitida turizm uchun jozibadorlikka erishishning amaliy natijalariga bog‘liq prakseologik jihatlari asoslangan;
ziyorat turizmi vositasida insonlarda kognitiv motivatsiyani shakllantirishda ekskursantlik va ekskursiya yetakchiligi integtaratsiyasini samarali tashkil etishning jozibador tabiiy-rekreatsiya va tarixiy-madaniy resurslaridan madaniyatlararo kommunikatsiyaga erishishdagi ijtimoiy funksiyasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishning ijtimoiy-ma’naviy jihatlarini tahlil etish doirasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
ziyorat turizmining ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatiga ko‘ra diniy, madaniy, akseologik, gnoseologik ehtiyojlarga javob sifatida xalqning tarixiy qadamjolari orqali vatanparvarlik, mardlik, jasurlik ruhini aks ettirishi tarbiyalashga da’vat etuvchi asosiy g‘oyaviy kuch ekanligi ijtimoiy-falsafiy jihatiga doir xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yilda sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishiga oid «Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash» 51 bandi Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlari va dunyoqarashini yuksaltirish, joylardagi tarixiy obidalar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni targ‘ib qilish maqsadida «Yurtim tarixini o‘rganaman» va «Yurtim bo‘ylab o‘n kun sayohat» loyihasini amalga oshirish mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 10 yanvardagi 02/02/26-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar markazning keng aholi qatlamlari o‘rtasida ziyoratgohlarga hurmat, boy moddiy merosni asarab-avaylash va ular o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga oid dasturlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
ziyorat turizmining ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati va epistemologik, germenevtik, semiotik omillari negizida va arxitektura sohasining ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy, ma’naviy, diniy-axloqiy va estetik ahamiyati hamda samaradorlgiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining IX yo‘nalishiga oid «turizm sohasini yanada rivojlantirish va turistlar oqimini oshirish» ga bag‘ishlangan bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan («Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2022 yil 18 martdagi 02/02-33-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalar partiyaning saylovoldi dasturi doirasida amalga oshirayotgan ishlari samaradorligini rivojlantirishga hissa qo‘shgan;
O‘zbekistonda ziyorat turizmini dinamik va statik imkoniyatlaridan foydalanishning milliy infratuzilmasi, ziyorat turizmi rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan mavjud ijtimoiy, iqtisodiy-moliyaviy va ekologik muammolarni bartaraf etishning intensiv usullari va globallashuv sharoitida turizm uchun jozibadorlikka erishishning prakseologik jihatlariga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yildagi ish rejasining VIII yo‘nalishiga oid «Turizm ziyoratini rivojlantirish chora-tadbirlari» bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 12 dekabrdagi 04-18/7720-son ma’lumotnomasi). Berilgan ilmiy xulosa va amaliy takliflar O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligini 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan ziyorat turizmiga oid ilmiy qo‘llanmalar, targ‘ibot va tashviqot materiallarini boyitishga va sifat jihatdan yaxshilanishiga olib keldi;
diniy-ma’rifiy va ziyorat sayohatlari negizida insonlarda kognitiv motivatsiyani shakllantirish, ziyorat turizmining etnomadaniy, gosronomik, ekoturizm bilan birga rivojlantirishda ekskursantlik va ekskursiya yetakchiligini samarali tashkil etishning nazariy asoslariga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning O‘zbekistonda ziyorat turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish, ularni pasportlashtirish, ob’ektlar bo‘yicha yagona milliy reestrlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda amaliy qo‘llanma sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2022 yil 26 dekabrdagi 02-06/9727-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalari va ilmiy xulosalar xalqimiz tarixiy merosini, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini targ‘ib qilishda amalga oshirayotgan targ‘ibot va tashviqot jarayonlarining rivojlanishiga doir konstruktiv g‘oyalar, metodologik tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish