Qarshiboyev Sharof Egamnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning maxsus kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish (Transport logistikasi ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2856.
Ilmiy rahbar: Askarov Ixtiyor Baxtiyorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Yarmatov Raximboy Baxramovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; To‘xtayeva Zebo Sharifovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ixtisoslik fanlarini o‘qitish jarayonida talabalarning maxsus kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak logistik muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda amaliy yo‘nalganlik va axborotlilik tamoyillari asosida ixtisoslik fanlardan o‘quv-metodik vositalarni ishlab chiqish orqali maxsus kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik shart-sharoitlari (bosqichlari va darajalari) kengaytirilgan;
talabalarda maxsus kompetensiyalarni shakllantirishning tuzilmaviy didaktik modeli mazmunli, tashkiliy, jarayonli, mezon va natijaviy bloklarining uzviyligida nazariya va amaliyotning birligini ta’minlash hamda muhitli ta’lim, dasturiy maqsadli tamoyillarga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan; 
bo‘lajak logistik muhandislarda maxsus kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi ixtisoslik fanlarini kompetensiyaviy yondashuvga ko‘ra o‘qitishga avtomatlashtirilgan vizual loyihaviy topshiriqlarni interaktiv-o‘quv-texnik muhitga faraz, reja, tahlil va faoliyat mutanosibligida ishlab chiqish hamda mobil texnologiyalar va dasturiy vositalarni mustaqil ta’lim jarayoniga tizimli integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak logistik muhandislarning maxsus kompetensiyalarini shakllanganlik darajalari diskretlilik va axborotlilik tamoyillariga ko‘ra ta’limni raqamlashtirish qonuniyatlariga funksional imkon beruvchi integral baholash mezonlarini kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ta’lim sharoitida “Transport logistikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalarini maxsus kompetensiyalarini shakllantirishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish va ixtisoslik fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak logistik muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda amaliy yo‘nalganlik va axborotlilik tamoyillari asosida ixtisoslik fanlardan o‘quv-metodik vositalarni ishlab chiqish orqali maxsus kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik shart-sharoitlari (bosqichlari va darajalari) kengaytirish hamda talabalarda maxsus kompetensiyalarni shakllantirishning tuzilmaviy modeli mazmunli, tashkiliy, jarayonli, mezon va natijaviy bloklarining uzviyligida nazariya va amaliyotning birligini ta’minlash orqali muhitli ta’lim, o‘z o‘zini rivojlantirish, dasturiy maqsadli tamoyillariga ustuvorlik bergan holda takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Jizzax politexnika institutida bajarilgan “Samarqand aglomerasiyasi uchun yo‘lovchilar oqimini aniqlash” mavzusidagi xalqaro amaliy va “Jizzax shahrining transport modelini rivojlantirish bo‘yicha muhandislik xizmatlarini ko‘rsatish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2022 yil 15 avgistdagi 02/01-01-27-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu amaliy loyiha doirasida ishlab chiqilgan “Yo‘lovchilar oqimini aniqlash” va “Yo‘lovchilar tashishni tashkil etishda transport vositalarining texnik tasarruf ko‘rsatkichlarini hisoblash” nomli mobil ilova dasturlari talabalarda maxsus kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak logistik muhandislarda maxsus kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi ixtisoslik fanlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitishga avtomatlashtirilgan vizual loyihaviy topshiriqlarni interaktiv-o‘quv-texnik muhitga faraz, reja, tahlil va faoliyat mutanosibligida ishlab chiqish hamda mobil texnologiyalar va dasturiy vositalarni mustaqil ta’lim jarayoniga integratsiyalash orqali takomillashtirishga oid xulosalar “Jamoat transportida tashishni tashkil etish asoslari” fanidan darslik (OO‘MTVning 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘i, ro‘yhatga olish raqami 233-0819) va “Avtomobillarda tashish jarayonlarini optimallashtirish” fanidan o‘quv qo‘llanmalarning mazmuniga singdirilgan (OO‘MTVning 2021-yil 23-noyabrdagi 500-son buyrug‘i, ro‘yhatga olish raqami 500-486). Natijada mazkur o‘quv-metodik ta’minot maxsus kompetensiyalarini shakllantirish va uning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirish uchun xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish