Maxkamova Dilbar Kamaldjanovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘z ishemik sindromi klinikasi, diagnostikasi va davolash» 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib44.

Ilmiy rahbar: Kasimova Muniraxon Sadikjanovna, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.

Rasmiy opponentlar: Bilalov Erkin Nazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Buzrukov Botir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: «SILOAM» oftal`mologik klinikasi (Seul, Janubiy Koreya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: ko‘zning ishemik sindromida asosiy tashxislash mezonlarini aniqlash va davolashning patogenetik asoslangan tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ko‘rish a’zosi tomirlari va braxiotsefal ustundagi gemodinamik ahamiyatga ega o‘zgarishlarni tashxislash, ko‘z ishemik sindromining kechishini bashorat qilish uchun kollateral qon aylanishi holatini baholashda ul`tratovush tekshiruvida qarshilik indeksi (RI)ning oshishi isbotlangan;

ko‘z arteriyasi, to‘r parda markaziy arteriyasi va orqa kalta siliar arteriyalarda qon aylanishining buzilishi ichki va tashki uyqu arteriyalarda notekislik va qon aylanishning buzilishi bilan birga kechishi isbotlangan;

ko‘z ishemik sindromi kechishini oldindan taxmin qilish uchun yuzaki chakka arteriyasidagi qon aylanishi ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi aniqlangan;

dispanserizatsiya va skrining tekshiruvlarini o‘tkazishda ko‘z ishemik sindromini tashhislash uchun tadbirlar majmui ishlab chiqilgan;

ko‘z ishemik sindromi rivojlanishiga asoslangan holda davolash tizimi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Ko‘z ishemik sindromi bilan og‘rigan bemorlarni erta tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

Ko‘z ishemik sindromini tashxislash algoritmi uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2016 yil 22 avgustdagi 8n-d/51-son ma’lumotnomasi). Ushbu tizimga binoan ko‘z ishemik sindromi bilan og‘rigan bemorlarni erta tashxislash va kelib chiqish sabablariga binoan davolash muolajalarini qo‘llash ko‘zda tutilgan;

ko‘z ishemik sindromi bilan bemorlarni erta va taqqosiy tashxislash algoritmini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika klinik oftal`mologik shifoxonasiga, Andijon viloyat oftal`mologik shifoxonasiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 22 avgustdagi 8n-d/51 son ma’lumotnomasi). Ko‘z ishemik sindromi bilan og‘rigan bemorlarni erta va taqqosiy tashxislash algoritmini qo‘llash natijasida 39,7% samaradorlikka erishilgan, kelib chiqish sabablarini e’tiborga olgan holda davolash muolajalarini qo‘llash yordamida esa 21,2% samaradorlikka erishilgan;

Ko‘z ishemik sindromi bilan og‘rigan bemorlarning ma’lumotlar bazasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining kompyuter dasturiga patenti olingan (№ BGU 00329). Ushbu dastur barcha zaruriy oftal`mologik tekshiruv usullari natijalarini kiritish va shunga asosan erta va taqqosiy tashxis qo‘yish imkoniyatini bergan;

ko‘z ishemik sindromi bilan bemorlarni ro‘yxatga olish ma’lumotlar bazasi sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika klinik oftal`mologik shifoxonasi maslahat poliklinikasiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 22 avgustdagi 8n-d/51 son ma’lumotnomasi). Ko‘z ishemik sindromi bilan og‘rigan 162 nafar bemorni ruyxatga olish, ma’lumotlarni statistik tahlil qilish natijasida 21,2% bemorga erta tashxislash, aniqlash va kasallik asoratlarining oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish