Tillaboev Sodiqjon Valievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda yo‘g‘on ichak uzayishi va anomal fiksatsiyasini tashxislash va davolash», 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2. PhD/Tib1011.
Ilmiy rahbar: Sattarov Jamoliddin Baxranovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Jamshid Azamatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Abuali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tashxislash, davolash taktikasi va jarrohlik aralashuv usullarini tanlash va optimallashtirish asosida bolalarda yo‘g‘on ichak uzayishi va anomal fiksatsiyasi (YIUvaAF)ni kompleks davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda yo‘g‘on ichak uzayishi va anomal fiksatsiyasining uchrash salmog‘i va klinik-anatomik shakllari aniqlangan;
surunkali kolostazni klinik belgilarining yaqqolligi jarayonga yo‘g‘on ichakning alohida segmentlari yoki to‘liq qo‘shiliishi, intramural asab tolalari to‘ridagi, shuningdek yo‘g‘on ichak devoridagi gistomorfologik o‘zgarishlar tufayli rivojlangan funksional buzilishlar darajasiga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
anomaliyaning anatomik shakliga qarab kompleks konservativ davo, jarrohlik aralashuviga ko‘rsatmalar, jarrohlik taktikasini va usulini tanlashni o‘z ichiga olgan differensial davolash yondashuv ilmiy asoslangan;
gistomorfologik tadqiqotlar natijalari ichak devori qatlamlarining holatini, mushaklararo asab to‘ri ganglionidagi o‘zgarishlarni, bolalarda yo‘g‘on ichak uzayishi va anomal fiksatsiyasi tufayli rivojlangan surunkali kolostazda yo‘g‘on ichak devoridagi sklerotik o‘zgarishlarning mavjudligi va uning darajasini aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda yo‘g‘on ichak uzayishi va anomal fiksatsiyasi aniqlangan bemor bolalarda kasallikning klinik-anatomik shakllarini aniqlash, tashxislash va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda yo‘g‘on ichak uzayishi va anomal fiksatsiyasini erta tashxislash va tashxislash mezonlarini tizimlashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan “Bolalarda yo‘g‘on ichak fiksatsiyasi va uzayish anomaliyalarini tashxislash usullarini optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 noyabrdagi 8 n-r/1327-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda yo‘g‘on ichak uzayishi va anomal fiksatsiyasining klinik-anatomik shakllarini farqlash, tashxislash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
yo‘g‘on ichak uzayishlari va fiksatsiyasi anomaliyalarida an’anaviy jarrohlik muolajasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Bolalarda yo‘g‘on ichak fiksatsiyasi va uzayish anomaliyalarini konservativ va jarrohlik davolashdagi differensial yondashuv” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 noyabrdagi 8n-r/1326-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda yo‘g‘on ichak uzayishi va anomal fiksatsiyasida jarrohlik muolajasining samaradorligni oshirish imkonini bergan.