Kim Denis Petrovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alkogolga qaram shaxslarda hissiy-shaxsiy va kognitiv buzilishlarning  gender xususiyatlarini o‘rganish va ularning korreksiyasi», 14.00.18 – Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib677.
Ilmiy rahbar: Ashurov Zarifjon Sharifovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01
Rasmiy opponentlar: Alimov Ulugbek Xudoyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullajonova Shaxlo Juraxanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent pediatriya tibbiet instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi alkogolga qaram bo‘lgan bemorlarda hissiy-shaxsiy va kognitiv buzilishlarni va ularning psixokorreksiyasini, jins xususiyatlarini hisobga olgan holda baxolash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
spirtli ichimliklarga qaram bo‘lgan ayollarda psixologik xususiyatlar deformatsiyasi maskulin tipida, erkaklarda esa feminin belgilarining kuchayishi gormonal o‘zgarishlar sabablinamoyon bo‘lishi aniqlangan;
alkogolga qaramlik klinik belgilarida gender farqlari aniqlanib, ayollarda gippokamp shikastlanishi tufayli qisqa muddatli xotira yomonlashuvi va erkaklarda subikulum xajmi kattaligi xisobiga diqqatning buzilishi aniqlangan;
spirtli ichimliklarga qaram bo‘lgan shaxslarda erta psixoprofilaktikaga yondashuvklinik va ijtimoiy-biologik omillarga asoslangan holda optimallashtirilgan;
alkogolga qaram bemorlarning patoxarakterologik gender xususiyatlariga asoslangan xolda psixoterapiyaning qiyosiy yondoshuvi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Alkogolizm bilan og‘rigan bemorlarda gender xususiyatlarini hisobga olgan holda emotsional-shaxsiy va kognitiv buzilishlarni, ularning psixokorreksiyasi tahlilini amalga oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
alkogolizm bilan og‘rigan bemorlarda hissiy-shaxsiy buzilishlarni psixoterapevtik tuzatish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Alkogolizm bilan og‘rigan bemorlarda hissiy-shaxsiy buzilishlarni psixoterapevtik tuzatish algoritmi" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 1 iyuldagi 8n-d/85-son ma’lumotnomasi ). Ushbu uslubiy tavsiyanoma psixoterapiya usulini qo‘llash natijasida spirtli ichimliklarga qaram bo‘lgan bemorlarni davolash va remissiya samaradorligini oshirishga imkonini bergan; 
alkogolizm bilan og‘rigan bemorlarda gender xususiyatlarini hisobga olgan holda emotsional-shaxsiy va kognitiv buzilishlarni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amalietiga, jumladan Toshkent viloyati viloyat psixo-nevrologik dispanser va Toshkent shahar majburiy davolash narkologiya shifoxonasi amalietiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 dekabrdagi 08-39668-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari klinik amaliyotga joriy etilishi spirtli ichimliklarga qaram bo‘lgan bemorlarda psixoterapiya va psixoreabilitatsiya jarayonini yaxshilash, qaytalanish xavfini kamaytirish va bemorlarning xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish