Matchonova Nargiz Nortayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mahalliy bazalt tolalari asosida maqsadli to‘qimachilik mahsulotlari olish texnologiyasini yaratish”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2119
Ilmiy rahbar: Raximov Farxad Xushbakovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Rustam Sulaymonov, texnika fanlari doktori, professor; Matluba Doniyorova, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy bazalt tolasini fizik-kimyoviy modifikatsiya qilib, ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilash orqali yengsimon trikotaj va tolali pilik (roving) bilan to‘ldirilgan issiqlik izolyasion shnur mahsulotlarini olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bazalt tolasini dastlabki ishlashda turli aralashmali sirt faol moddalardan foydalangan holda, kompozision materiallar va polimerlar bilan adgeziyasi yaxshilangan mahalliy bazalt ipi olingan.
to‘qimachilik sanoatida bazalt tolasini uzish kuchi va solishtirma uzish kuchi sirt faol moddalar bo‘lgan poliakrilamid, gliserin va suvning miqdorlariga bog‘liqligi amaliy tajribalar bilan asoslangan.
mahalliy bazalt pilik (roving) texnologik tizimida yangi sirt faol moddalar bilan ishlov berib tayyorlangan mahalliy bazalt ipidan va unga elastan, poliamid, poliester iplarini qo‘shish bilan yengsimon trikotaj namunalari paypoq to‘quv avtomatlarida elektron tizim dasturiga paypoq tovon va uch qismi o‘rilishi bo‘lmagan texnologiya asosida yeningsimon trikotaj mahsulotlari olingan.
sirt faol moddalar bilan ishlov berib, takomillashtirilgan texnologiyaga ko‘ra tayyorlangan mahalliy bazalt pilik (roving) lardan to‘ldirgichsiz shnur, asosi va to‘ldirgichi bazalt bo‘lgan shnur, hamda asosi poliester, to‘ldirgichi mahalliy bazalt bo‘lgan import o‘rnini bosuvchi eksportbop issiqlik izolyasion shnurlar olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mahalliy bazalt tolasini fizik-kimyoviy modifikatsiya qilish asosida yengsimon trikotaj va tolali pilik (roving) bilan to‘ldirilgan issiqlik izolyasion shnur olish texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Mahalliy bazalt tolasini fizik-kimyoviy modifikatsiya qilish texnologiyasining ratsional me’yorlarini ishlab chiqish bilan to‘qimachilik sanoati talablariga mos tegishli chiziqli zichlikka ega bazalt iplarini olish, sirt faol moddalar «Mega Invest Industrial» MChJ QK da joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 26 dekabrdagi №03/25-3632-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi turdagi sirt faol modda bilan ishlov berib olingan ipning uzish kuchi 18 N gacha bo‘lgan ip ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.
Mahalliy bazalt tolasidan yengsimon trikotaj va tolali pilik (roving) bilan to‘ldirilgan issiqlik izolyasion shnur «Jizzax eco textile» MCHJ da olingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 26 dekabrdagi №03/25-3632-son ma’lumotnomasi). Natijada, trikotaj mato va choksiz yenglar bilan mustahkamlangan, spesifik xususiyatlarga ega kompozitlarni olish imkoniyatlari ilmiy asoslangan.