Sabirova Ozoda Shermaxamatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ichki kuchlanishi kamaytirilgan samarali kompozision polimer, lok-bo‘yoq materiallar va qoplamalarni ishlab chiqish va ularni olish texnologiyasi», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3221.
Ilmiy rahbarlar: O‘lmasov Tulqin Usmonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Tojiboev Begijon Mamitjonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Bahodir Boypulatovich, texnika fanlari doktori, professor; Qarshiev Mamarayim Sanaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ichki kuchlanishi kamaytirilgan samarali kompozision polimer, lok-bo‘yoq materiallar va qoplamalarni ishlab chiqish va ularni olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli sharoitlarda chidamlilikni oshirishga imkon beradigan kompozision polimer, lok-bo‘yoq materiallari va ular asosida ichki kuchlanishlari kamaygan va yuqori adgezion va mustahkamlik xususiyatlariga ega qoplamalarning optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
mahalliy va ikkilamchi xom ashyolar asosidagi polimer va lok-bo‘yoq qoplamalarining turli texnologik omillar ta’sirida ichki kuchlanishlarning paydo bo‘lishi aniqlangan;
ichki kuchlanishlarni kamaytirish va polimer va lok-bo‘yoq materiallari va ular asosidagi qoplamalarning adgezion va mustahkamlik xususiyatlarini oshirish, ularni metall substratlar sirt yuzasida plyonka qatlamlar hosil qilishi va sayqallash yordamida tartibga solish imkoniyatlari aniqlangan;
polimer va lok-bo‘yoq qoplamalarning ichki kuchlanishlarini tartibga solish va kamaytirish imkoniyatlari qoplama plyonkasining hajmi va substrat – taglikning yopishish chegarasida hosil bo‘lgan molekulyar strukturaning, shuningdek qoplama qalinligining ta’siri asoslangan;
polimer va lok-bo‘yoq qoplamalarining chidamliligini oshirishga imkon beradigan ichki kuchlanish va yopishqoq mustahkamlik xususiyatlarining shakllanishi va kamayishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ichki kuchlanishi kamaytirilgan samarali kompozision polimer, lok-bo‘yoq materiallar va qoplamalarni ishlab chiqish va ularni olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
polimer va lok-bo‘yoq qoplamalarida ichki kuchlanishlarni kamaytirishning ishlab chiqilgan samarali usuli Namangan viloyati «Agroservis MTP» MChJda amaliyotga joriy etildgan («O`ZAGROSERVIS» AJning 2022 yil 11 noyabrdagi 09-02/02-1200-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi texnikalari konstruksiyalari va korpuslarida qo‘llaniladigan lok-bo‘yoq qoplamalarining mustahkamligini 1,8-2 barobarga oshirish, ichki kuchlanishlarni 5-6 barobarga kamaytirish imkonini bergan;
paxta terish mashinalari, kombaynlar va traktorlarning yupqa devorli metall konstruksiyalari va korpuslari sirt yuzasiga yupqa qatlamli qoplama ko‘rinishidagi kompozision polimer va lok-bo‘yoq materiallari Namangan viloyati «Agroservis MTP» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O`ZAGROSERVIS» AJning 2022 yil 11 noyabrdagi 09-02/02-1200-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlatiladigan materiallarning adgezion mustahkamligini 40-50% ga oshirish va tannarxini 4-4,5 baravar kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish