Tadjixanova Dono Pulatovnaning

falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda gerpesvirus infeksiyasi bilan assotsiatsiyalangan mikoplazma zotiljamini davolashni optimallashtirish», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).

Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib56.

Ilmiy rahbari: Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.27.06.2017.Tib.29.01.

Rasmiy opponentlar: Shamsiev Fazliddin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamalov Zaynitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda gerpesvirus infeksiyasi bilan assotsiatsiyalangan mikoplazma zotiljami xususiyatlarini aniqlash orqali davolashni optimallashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor kichik yoshli bolalarda shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljamida sitomegolovirus va oddiy gerpesvirusining I turi bilan assotsiatsiyalangan Mycoplasma pneumonianing o‘ziga xos klinik belgilari va laborator xususiyatlari aniqlangan;

bolalarda gerpesvirus infeksiyasi bilan assotsiatsiyalangan mikoplazma zotiljamida azot oksidi, prooksidant va antioksidant tizim ko‘rsatkichlari aniqlangan;

bolalarda gerpesvirus infeksiyasi bilan assotsiatsiyalangan mikoplazma zotijamida sitokinlar, interferonlar holati va ularning o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;

ilk bor bolalarda gerpesvirus infeksiyasi bilan assotsiatsiyalangan mikoplazma zotiljamida patogenetik asoslangan optimal davolash usullari ishlab chiqilgan va ularning samaradorligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bolalarda gerpesvirus infeksiyasi bilan assotsiatsiyalangan mikoplazma zotiljamini davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Gerpesvirus infeksiyasi bilan assotsiatsiyalangan mikoplazma zotiljami bo‘lgan bolalarni davolashda zamonaviy yondashuvlar» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2011 yil 22 noyabrdagi 8m/179-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bemorning klinik holatini, biokimyoviy va immunologik ko‘rsatkichlarni yaxshilashga, uzoq muddatli remissiyaga erishishga va kasallik asoratlarini kamaytirishga xizmat qilgan;

«Bolalarda gerpesvirus infeksiyasi bilan assotsiatsiyalangan mikoplazma zotiljamini davolashni optimallashtirish usullari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 16 noyabrdagi 8p-r/180-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda gerpesvirus infeksiyasi bilan assotsiatsiyalangan mikoplazma zotiljamini davolash samaradorligini oshirishga va kasallikning qaytalanish darajasini  kamaytirishga imkon bergan;

kichik yoshli bolalarda gerpesvirus infeksiyasi bilan assotsiatsiyalangan mikoplazma zotiljamining virusga qarshi, antioksidant va immunkorregirlovchi davolash bo‘yicha tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 28 martdagi 8n-z/38-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar gerpesvirus infeksiyasi bilan assotsiatsiyalangan mikoplazma zotiljamini tashxislash va davolashning yangi uslublarni qo‘llash orqali kasallik bilan og‘rigan bolalarni statsionarda davolanish davrini 2 kunga kamaytirishga va remissiya muddatini 2,4 marta uzaytirishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish