Sobirov Jasur G‘aybillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aorta yoyi tarmoqlari va oyoq arteriyalari qo‘shma zararlangan bemorlarni xirurgik davolashni optimallashtirish», 14.00.34–Yurak va qon-tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib137.
Ilmiy rahbar: Baxritdinov Fazlitdin Shamsitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Asamov Ravshan Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Irnazarov Akmal Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: A.V. Vishnevskiy nomidagi xirurgiya milliy tibbiy tekshirish markazi Federal Davlat byudjet tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy diagnostika usullarini qo‘llash, natijalarni integral baholash va optimal taktikani tanlash yo‘li bilan aorta yoyi tarmoqlari, qorin aortasi terminal qismi va oyoq arteriyalari qo‘shma aterosklerotik zararlangan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iboratshoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ishlab chiqilgan algoritmlari asosida tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish yo‘li bilan katatravma bilan bemorlarni davolash natijalari yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diagnostik tekshiruvlar natijasini yagona miqdoriy ko‘rsatkichga birlashtiruvchi aorta yoyi tarmoqlari zararlanish og‘irligini integral baholovchi usul ishlab chiqilgan;
qorin aortasi terminal qismi va oyoq arteriyalari zararlanish og‘irligini integral baholovchi usul ishlab chiqilgan;
bu guruh bemorlarda SMART prognostik usulini qo‘llab, xavfli omillarning xirurgik davolashning yaqin natijalariga ta’siri o‘rganilgan;
zararlanishning og‘irligini integral baholash va davolash-diagnostika taktikasi algoritmini yaxshilash evaziga xirurgik davolashning optimal taktikasi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aorta yoyi tarmoqlari va oyoq arteriyalari qo‘shma aterosklerotik zararlangan bemorlar diagnostikasi va xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan «Aorta yoyi tarmoqlari zararlanish og‘irligini baholash usuli»ga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 05388-son patent, 2017 yil). Tadqiqot natijalar shuni ko‘rsatdiki, zararlanish indeksi (Ci) o‘rtacha 4,4-4,7 ballni tashkil etgan;
ishlab chiqilgan «Oyoq arteriyalari zararlanish og‘irligini baholash usuli»ga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 05495-son patent, 2017 yil). Tadqiqot natijalar shuni ko‘rsatdiki, zararlanish indeksi (Li) o‘rtacha 9-10 ballni tashkil etgan;
aorta yoyi tarmoqlari va oyoq arteriyalari qo‘shma aterosklerotik zararlangan bemorlarni xirurgik davolashni yaxshilash bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, akademik V.Vohidov nomli Respublika ixtisoslashtirilgan xururgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Namangan viloyat Kardiologiya markazlari amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2017 yil 13 fevralidagi 8n-d/5-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasiga ko‘ra, taklif etilgan xirurgik davolash taktikasining tanlash algoritmini qo‘llash amaliyotdan keyingi shunt trombozini 6,7% dan 1,16% ga, oyoq amputatsiyasini 2,94% dan 0% ga, o‘tkir miokard infarktini 4,9% dan 1,16% ga, bosh miya qon aylanishi o‘tkir buzilishini 1,97% dan 0% ga va o‘lim ko‘rsatkichini 4,9% dan 1,16% ga kamaytirish imkonini bergan.