Norboev Anvar Eshmo‘minovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘orish tizimlarida uzoq muddat ekspluatatsiyada bo‘lgan kichik quvvatli elektr yuritmalarning ishonchliliga va energiya samaradorligini oshirish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3140.
Ilmiy rahbar: Berdiev Usan Turdievich - texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar: Isakov Abdusaid Jalilovich - texnika fanlari doktori, professor; Shavazov Abdulatif Achilovich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sug‘orish tizimlarida uzoq muddat ekspluatatsiyada bo‘lgan kichik quvvatli elektr yuritmalarning ishonchliligi va energiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektrotexnika va elektr yuritma nazariyalari asosida kichik quvvatli asinxron motor chastotasini o‘zgartirib tezligini rostlash orqali boshqarish imkonini beruvchi tizimning matematik ifodasi olingan.
keng impul`sli modulyasiyalangan kuchlanish avtonom invertori asosida kichik quvvatli asinxron elektr yuritmani chastotali boshqarish imkonini beruvchi imitatsion modeli ishlab chiqilgan.
chastotali rostlanuvchi asinxron elektr yuritma asosida sug‘orish jarayonlarida suv hajmini nazorat qilish imkonini beruvchi tizimning algoritmi va blok sxemasi ishlab chiqilgan;
sug‘orish tizimida uzoq muddat ekspluatatsiyada bo‘lgan kichik quvvatli boshqariluvchi elektr yuritmalarning ishonchliligini baholash imkonini beruvchi usul ehtimollar va ishonchlilik nazariyalari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Sug‘orish tizimlarida uzoq muddat ekspluatatsiyada bo‘lgan kichik quvvatli elektr yuritmalarning ishonchliligi va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Yigitali Abdulla o‘g‘li” fermer xo‘jaligi sug‘orish tizimi uchun chastota o‘zgartirgich qurilmasi joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 29 noyabrdagi 03/30-04/8902-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orish dvigatelini elektr energiyasi iste’molini 23% kamaytirishga erishilgan;
“Yigitali Abdulla o‘g‘li” fermer xo‘jaligi sug‘orish jarayonlarini boshqarish tizimining algoritmi va blok sxemasi joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 29 noyabrdagi № 03/30-04/8902-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orish agregatlaridagi elektr energiyasi iste’molining kamayishi hisobiga (08.08.2022 yildan 21.10.2022 yilgacha bo‘lgan davr uchun 8775 kVt·soat elektr energiyasi tejalishiga va 3,9 mln so‘m iqtisodiy samaradorlikka) yiliga 18954939 (o‘n sakkiz million to‘qqiz yuzi ellik to‘rt ming to‘qqiz yuz o‘ttiz to‘qqiz) so‘m iqtisodiy samaradorlikga erishilgan.