Kushev Alijon Po‘latovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tabaqalashtirilgan tariflar qo‘llanilishining iste’molchilar nagruzka rejimlariga ta’siri”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4. PhD /T2505.
Ilmiy rahbar: Muratov Xakim Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti xuzuridagi DSC.02/30.12.2021.T.143.01
Rasmiy opponentlar: Isakov Abdusaid Jalilovich, texnika fanlari doktori, professor; Bozorov Maxsum Baxshilloevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Iste’molchilar nagruzka grafiklarini vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflardan foydalanish hisobiga tekislashni tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr energetika tizimi nagruzka grafiklar rejimi holatining o‘zgaruvchan darajasi asosida sutka davrlarida nagruzkaning davomiylik chegaralari ishlab chiqilgan;
iste’molchilarning vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflardan foydalanishini hisobga olgan holda nagruzka grafigini tekislash usuli ishlab chiqilgan;
iste’molchilar ish rejimlarini vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflar tizimiga moslashtirish asosida ta’minlovchi manba nagruzka grafiklarini rostlash imkoniyatlari takomilashtirilgan;
elektr energiya iste’moli davrlarida iste’molchilar ish rejimlarini tariflar yordamida o‘zgartirishni hisobga olgan holda samaradorlikka erishish ilmiy asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: iste’molchilarning elektr energiyasi iste’moli va ish rejimlarini vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tarif davrlariga moslashtirish asosida:
iste’molchilarning elektr energiyasi iste’moli va ish rejimlarini vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tarif davrlariga moslashtirish usuli «O’Z CHASYS» MChJ QKda joriy etilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2022 yil 8 noyabrdagi 01-04-42/807-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yillik elektr energiyasi iste’mol harajatlarini 298 003 725 so‘m miqdorida tejashga erishilgan;
elektr energiya iste’mol qilish davrlari ko‘rsatkichlarini monitoring qilish tizimi «O’Z CHASYS» MChJ QKda joriy etilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2022 yil 8 noyabrdagi 01-04-42/807-sonli ma’lumotnomasi). Natijada korxona yillik elektr energiya iste’molining 32% miqdori tungi rag‘batlantirilgan davrga o‘tkazilgan;
elektr energiya iste’molida joriy etilgan vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflardan “O’Z CHASYS” MChJ QKda samarali foydalanish evaziga elektr energetika tizimida mavjud podstansiyalar nagruzkalarini bartaraf etish imkoniyati yaratilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2022 yil 8 noyabrdagi 01-04-42/807-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Kombinat” 110/35/10 kV podstansiyasiga tushadigan nagruzkalarni rostlash imkoniyati yaratilgan va korxona bir yilda 152610 kVt∙soat elektr energiyasini tejashga erishilgan.