Sa’dullaev Tuymurod Mardulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Geologiya qidiruv ishlari burg‘ulash qurilmalarining energiya samaradorligini oshirish”,
05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”,
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T2675.
Ilmiy rahbar: Toirov Olimjon Zuvurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar: Aripov Nazirjon Mukaramovich - texnika fanlari doktori, professor; Usmonov Shukurullo Yulbarsovich - texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshqariluvchi elektr yuritmalar asosida geologiya qidiruv ishlaridagi burg‘ulash qurilmalarining tog‘ jinsining toifasini hisobga olgan holda energiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
burg‘ulash qurilmasini boshqariluvchi asinxron elektr yuritmasining matematik modeli tog‘ jinsi toifasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
burg‘ilash jarayonida chastotaviy boshqariluvchi asinxron yuritmalar asosida burg‘ulash qurilmasining energiya va resurs tejamkor ish rejimlari asosiy ta’sir etuvchi faktorlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
burg‘ilash qurilmasining elektr yuritmasini silliq ishga tushiruvchi kommutatsion qurilma kuchlanishni rostlash asosida ishlab chiqilgan;
geologiya qidiruv ishlaridagi burg‘ilash jarayonining energiya samaradorligini baholashda asosiy ta’sir etuvchi omillarini hisobga olgan holda elektr energiyasi iste’moli me’yorining uslubiyati va algoritmi ishlab chiqilgan;
burg‘ulash qurilmasining chastotaviy boshqariluvchi elektr yuritmasini avtomatik boshqaruvchi prinsipial sxemasi tog‘ jinslari toifasi darajasiga ko‘ra burg‘ulash jarayonida tok va kuchlanish qiymatlari orasidagi burchak o‘zgarishi asosida ishlab chiqilgan;
geologiya qidiruv ishlaridagi burg‘ulash qurilmalarini energiya samaradorligining matematik modellari texnologik va energetik omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Geologiya qidiruv ishlarida burg‘ulash qurilmalarining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
geologiya qidiruv ishlarining turli toifadagi tog‘ jinslarini burg‘ulash jarayonida yuklamani o‘zgartirishi bilan elektr yuritmaning tezligini rostlash orqali boshqariluvchi elektr yuritmali burg‘ulash qurilmalarining energiya samaradorligini aniqlash uslubiyati va algoritmlari Navoiy kon-metallurgiya kombinati Geologiya qidiruv ekspedisiyasi AJ korxonasida joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2022 yil 28 fevraldagi 23.01-01-07/201-son ma’lumotnomasi). Natijada burg‘ilash jarayonida turli tog‘ jinslari toifasiga sarflanadigan elektr energiyasining solishtirma me’yori aniqlanib amaliyotga joriy etilgan, hamda energiya samarador boshqarish algoritmlari asosida yiliga iqtisodiy samaradorlik 163,8 mln.so‘mni tashkil etgan.
geologiya qidiruv ishlarining burg‘ilash jarayonida energiya samaradorlikka ta’sir etuvchi texnologik va energetik ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda chastotaviy boshqariluvchi elektr yuritmali burg‘ulash qurilmasining energiya va resurs tejamkor ish rejimlari Navoiy kon-metallurgiya kombinati Geologiya qidiruv ekspedisiyasi AJ korxonasida joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2022 yil 28 fevraldagi 23.01-01-07/201-son ma’lumotnomasi). Natijada turli toifadagi tog‘ jinslarida ishlab chiqarish miqdori va elektromexanik tizimni boshqarish rejimlarini ta’minlash orqali energiya samaradorlik 15%ga oshgan, shuningdek, yiliga 398127 kVt*soat elektr energiyasini tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish