Sirojiddinova Nodira Rivojiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2927.
Ilmiy rahbar: Ashurova Sanobar Yuldashevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped48.01 
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhayyo Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni va komponentlari tadbirkorlikni rag‘batlantirish usullari va mexanizmlarini hamda mustaqil tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga imkon beradigan samarali o‘qitish usullarini aniqlash natijasida takomillashtirilgan;
innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli keng profillilik, uzluksizlik, integratsiya tamoyillariga ustuvorlik berish takomillashtirilgan;
professional ta’lim muassasasida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari moslashuvchanlik, rivojlanish, amaliyotga yo‘nalganlik, tadbirkorlik va ishlab chiqarish integratsiyasi tamoyillariga ko‘ra takomillashtirilgan;
professional ta’lim jarayonida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi “Kazus”, “Keys”, “Biznes trening”, “Business simulation” kabi innovatsion ta’lim texnologiyalarini maqsadli tatbiq etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Respublikamizda joriy qilingan yangi professional ta’limda innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
professional ta’limda innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni va pedagogik shart-sharoitlariga oid taklif va tavsiyalari asosida “Biznesni tashkil etish va yuritish” fanidan o‘quv qo‘llanma (kollej va texnikumlar o‘quvchilari uchun) tayyorlangan va amaliyotga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 26 dekabrdagi 89-05-196-son ma’lumotnomasi). Natijada porofessional ta’lim jarayonida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimi yaratilgan;
innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish modeliga oid taklif va tavsiyalari asosida 3.32.04.01-Bank nazoratchisi kasbi bo‘yicha “Bank ishi” o‘quv amaliyotidan kasb-hunar maktablari uchun o‘quv qo‘llanma, “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fanidan (kasb-hunar maktablari uchun) o‘quv qo‘llanma tayyorlangan va amaliyotda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 26 dekabrdagi 89-05-196-son ma’lumotnomasi). Natijada professional ta’limda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik ta’minoti sifati oshirilgan;
innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi “Biznes asoslari” va “Bank ishi” fanlaridan kasb-hunar maktablari uchun tayyorlangan o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 26 dekabrdagi 89-05-196-son ma’lumotnomasi). Natijada professional ta’lim jarayonida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish