Primov Farxod Sharifjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda qorin yopiq jarohatlari diagnostikasi va xirurgik davolashni takomillashtirish», 14.00.35–Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib141.
Ilmiy rahbar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va Respublika shoshilinch yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Nasriddin Shamsiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Yusufjon Maxmudov, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: A.I. Evdokimova nomli Moskva davlat tibbiy-stomatologiya universiteti Oliy ta’lim Federal davlat byudjet ta’lim muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xirurgik taktikani standartlashtirish, birxillashtirilgan tashxisiy va davolash algoritmlarini ishlab chiqish hamda klinikaga tatbiq etish orqali bolalardagi yopiq qorin jarohatini xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosqichma-bosqich davolash-tashxislash strategiyasi hamda malakali shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda bolalardagi yopiq qorin jarohatini davolashning olib borish tavsifiy bayonnomalari ishlab chiqilgan;
bolalarda qorin bo‘shlig‘i parenximatoz a’zolarning yopiq qorin jarohati bilan shikastlanishi og‘irlik darajasini ob’ektiv baholash mezonlari aniqlangan va shu asosda xirurgik davolash taktikasini tanlash bosqichlari optimallashtirilgan;
faol xirurgik taktikaning maqsadga muvofiqligi va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining izolyasiyalangan yoki qo‘shma shikastlarida zamonaviy kaminvaziv endovizual texnologiyalarni qo‘llash maqsadga muvofiqligi asoslangan;
qorinning yopiq shikastlari bilan bolalarda splenektomiyadan keyingi uzoq muddatlarda infeksion-yallig‘lanish va trombotik asoratlar uchrashining yuqori tez-tezligi asplenik genezli immun va gemostaz tizimidagi buzilishlar oqibati sanaladi va a’zoni saqlab qolish operatsiyalarini bajarish yoki splenektomiyani taloq to‘qimasining geterotipik autotransplantatsiyasi bilan to‘ldirish maqsadga muvofiqligini asoslangan;
yuzaga keluvchi asoratlarning xarakteri va muddatlariga mos ravishda davolashning har xil turlariga ko‘rsatmalarni aniqlash imkonini beruvchi optimal davolash-tashxislash dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda qorin yopiq jarohatlarini xirurgik davolash taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari asosida:
«Qorin bo‘shlig‘i parenximatoz a’zolari holatini aniqlash hamda bolalarda qorin shikastlanishi bilan birikkan og‘ir jarohatlarda davolash taktikasini tanlash» dasturi ishlab chiqilgan hamda amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 24 avgustdagi 8D–3/70-son ma’lumotnomasi). Davolash-profilaktika chora-tadbirlarining taklif etilgan kompleksi asoratlar chastotasini 28,5% dan 11,8% gacha kamaytirish, bu bemorlarni davolash va reabilitatsiyasiga xarajatlarni qisqartirish imkonini bergan;
«Bolalar qorin yopiq jarohatlarini tashxislash va davolash» algoritmi sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 24 avgustdagi 8D–3/70-son ma’lumotnomasi) va bu bolalarda qorin yopiq jarohatini tashxislash sifatini 12,5% ga yaxshilash imkonini bergan. Taklif etilgan usul orqali bolalarda qorin yopiq jarohatini xirurgik davolash qoniqarsiz natijalar ko‘rsatkichini 25,8% ga, operatsiyadan keyingi asoratlar uchrashi tezligini 12,8% ga kamaytirish imkonini bergan;
bolalarda qorin yopiq jarohatlarini xirurgik davolash taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimi amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Samarqand davlat tibbiyot instituti 2-klinikasi bolalar xirurgik bo‘limi klinik amaliyoti hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 24 avgustdagi 8D–3/70-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotlar jarayonida olingan natijalar 30% hollarda tashxislash sifatini yaxshilash, jigar, talog‘i shikastlangan bemorlarni farqli yondashuv asosida faol xirurgik davolash, o‘lim holatini 5–10% kamaytirish, o‘rinsiz laparotomiyalardan qochish hamda bemorlarning shifoxonada bo‘lish muddatini qisqartirish imkonini bergan.