Usmanov Baxtiyorjon Xusanboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish tarmog‘ida investisiyalardan samarali foydalanish yo‘nalishlari”, 08.00.03-Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2411
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Iskenderov Axmet Maksetbayevich texnika fanlari doktori, professor; Qodirov Tuyg‘un Uzoqovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish tarmog‘ida investisiyalardan samarali foydalanish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiyotning texnologik ta’minoti yondashuvi tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish tarmog‘ining (mashina va uskunalardan tashqari) butlovchi-texnik xususiyatidan kelib chiqqan holda sifat jihatdan ustuvor mezo darajadagi pirovard natijadorlikka ko‘ra takomillashtirilgan;
istiqbolda investisiyalarni tarmoq ishlab chiqarishini modernizatsiyalashga yo‘naltirib, ularni ustuvor darajada asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilashga jalb etish zarurati asoslangan xolda “Kwangjin Autosystems” MChJ bo‘yicha muhim investisiyaviy yo‘nalishi va tadbirlari ishlab chiqilgan;
tayyor metall buyumlarini ishlab chiqarish (mashina va uskunalardan tashqari) va sohaga kiritiladigan investisiyalar hajmining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish (mashina va uskunalardan tashqari) tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishda iqtisodiy salohiyatdan foydalana olish darajasini baholash yondashuvi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mashina va uskunalar-dan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarishda investisiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Iqtisodiyotning texnologik ta’minoti yondashuvi tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish tarmog‘ining (mashina va uskunalardan tashqari) butlovchi-texnik xususiyatidan kelib chiqqan holda sifat jihatdan ustuvor mezo darajadagi pirovard natijadorligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023 yil 28 dekabrdagi 16-04/1166-sonli ma’lumotnomasi va vazirlikning Andijon viloyati Bosh boshqarmasining ning 2022 yil 10 iyundagi 02-13/11-231-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi sanoat tarmoqlarida investisiyalardan samarali foydalanish va investision jozibadorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar samarasini yanada oshishga hamda nafaqat tarmoq balki yalpi hududiy maxsulotni 2020 yil bilan taqqoslaganda muayyan darajada o‘sishiga xizmat qilgan;
Istiqbolda investisiyalarni tarmoq ishlab chiqarishini modernizatsiyalashga yo‘naltirib, ularni ustuvor darajada asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilashga jalb etish zarurati, “Kwangjin Autosystems” MChJ bo‘yicha muhim yo‘nalish va tadbirlar bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan va “Kwangjin Autosystems” MChJ faoliyatiga joriy qilingan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023 yil 28 dekabrdagi 16-04/1166-sonli ma’lumotnomasi va vazirlikning Andijon viloyati Bosh boshqarmasining 2022 yil 10 iyundagi 02-13/11-231-sonli hamda “Kwangjin Autosystems” ma’suliyati cheklangan jamiyatining 2022 yil 18 avgustdagi 02/02-323-sonli ma’lumotnomalari). Takliflarning joriy etilishi tarmoqning investision jozibadorligi va belgilangan tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, viloyatda tarmoq asosiy kapitaliga kiritilgan investisiyalar hajmini 6%ga o‘sishi va “Kwangjin Autosystems” MChJda xorijiy investisiyalardan foydalanish samaradorligini 1,7 foizga oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
Tayyor butlovchi metall buyumlarni ishlab chiqarish (mashina va uskuna-lardan tashqari) va sohaga kiritiladigan investisiyalar hajmining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023 yil 28 dekabrdagi 16-04/1166-sonli ma’lumotnomasi va vazirlikning Andijon viloyati Bosh boshqarmasining 2022 yil 10 iyundagi 02-13/11-231-sonli ma’lumotnomalari). Taklifning joriy etilishi tarmoqqa kiritiladigan investisiyalar yo‘nalishi va tarkibini yanada sifatli aniqlashga hamda istiqbol chora-tadbirlarini samarali tashkil qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan;
Tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish (mashina va uskunalardan tashqari) tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishda iqtisodiy salohiyatdan foydalana olish darajasini baholash yondashuvi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Andijon viloyati Bosh Boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023 yil 28 dekabrdagi 16-04/1166-sonli ma’lumotnomasi va vazirlikning Andijon viloyat Bosh Boshqarmasining 2022 yil 10 iyundagi 02-13/11-231-sonli ma’lumotnomasi) hamda “Kwangjin Autosystems” MChJ (“Kwangjin Autosystems” ma’suliyati cheklangan jamiyatining 2022 yil 18 avgustdagi 02/02-323-sonli ma’lumotnomasi) faoliyatiga joriy etilgan. Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat tarmoqlarida xorijiy investisiyalarni jalb qilishda tarmoq iqtisodiy salohiyatidan foydalanish darajasini tahlil qilish va baholash imkoniyatlarining oshishiga olib keldi hamda yuqorida zikr etilgan korxonada xorijiy investisiyalardan foydalanish samaradorligi 1,7 foizga oshishiga erishilgan.