Irmatov Sarvar Xikmatillaevichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xirurgiyada gepatoprotektiv ekstrakorporal texnologiyalar», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib241.

Ilmiy maslahatchi: Ibadov Ravshan Alievich, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.

Rasmiy opponentlar: Ibadil`din Amangel`di Seytkazievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori; Saidov A’lonur Baxtinurovich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi N.I. Pirogov nomli milliy tibbiyot-xirurgiya markazi federal davlat byudjet muassasasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadiorganoproteksiya va ekstrakorporal detoksikatsiyaning original usullarini ishlab chiqish yo‘li bilan shish-assit sindromi va gepatotsellyulyar etishmovchilik bilan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

assit sindromi bilan asoratlangan jigar sirrozi bilan bemorlarda assitolikvorosorbsiya usuli ishlab chiqilgan;

jigar sirrozi bilan bemorlarda portosistem shuntlashning turli variantlaridan so‘ng darvoza-jigar gemodinamikasi turli ko‘rsatkichlari va assit sindromi rivojlanishi o‘rtasida sabab-oqibat bog‘liqliklari o‘rganilgan;

shish-assit sindromi bo‘yicha dekompensatsiyalangan jigar sirrozi bilan bemorlar portosistem shuntlashdan so‘ng yashab qolish egriliklari o‘rganilib, gepatotsitlar funksional dekompensatsiyasi omillarining prognostik ahamiyati aniqlangan;

o‘tkir jigar etishmovchiligi va shish-assit sindromida organoproteksiya va organizmning ekstrakorporal detoksikatsiyasi turli usullarining samaradorligi «invitro»sharoitda aniqlangan;

assit konsentrati o‘rinbosar davolash uchun mo‘ljalangan yuqori darajada umumiy oqsil va uning al`bumin fraksiyasini saqlovchi transfuzion oqsil eritmasi sifatida qabul qilinishi mumkinligi isbotlangan;

yurak, jigar va jigardan tashqari o‘t yo‘llari kasalliklari bilan bemorlarda amaliyotdan keyingi yaqin davrda o‘tkir jigar etishmovchiligi va uning oqibatlari rivojlanishini prognozlash jihatidan periferik qonning morfologiyasi tekshirilgan;

gemotsirkulyator mikrookklyuziya bilan jigar ichi almashinuv jarayonlarining buzilishiga bog‘liq bo‘lgan gemik va sirkulyator gipoksiya jarayonlari ifodalanish darajasini nospesifik morfologik aniqlash uchun eritrotsitlar shakli ekspress monitoringining ahamiyati aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Assit sindromi bo‘lgan jigar sirrozi bilan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

ishlab chiqilgan «Assit sindromi bilan asoratlangan jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda assitolikvorosorbsiya usuli»ga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 03728-son patent, 2008 yil). Assit suyuqligini defibrinlash, fil`trlash va konsentrlashning taklif etilgan usuli uni sifatiy tarkibi jihatdan standart 5% al`bumin yoki proteinga yaqinlashtirish imkonini bergan;

«Portosistem shuntlashdan keyingi yaqin davrda jigar sirrozi bilan bemorlarni intensiv davolash stanndartlari» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 martdagi 8N-d/35-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar bemorlarni davolash sifatini 65% dan 78% gacha oshirish imkonini bergan;

jigar etishmovchiligi bilan bemorlarni davolash taktikasini tanlash uslubiyati ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 martdagi 8N-d/35-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan usullar jigar etishmovchiligi bilan bemorlarni tashxislash va davolashning bevosita natijalarini yaxshilash imkonini bergan;

shish-assit sindromi va gepatotsellyulyar etishmovchilik bilan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, akademik V.Voxidov nomli Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining shoshilinch xirurgiya bo‘limi, U.Xalmuratov nomli Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining xirurgiya bo‘limi, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining xirurgiya bo‘limi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 martdagi 8N-d/35-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Shish-assit sindromi va gepatotsellyulyar etishmovchilik bilan bemorlarni davolashga taklif etilgan kompleks yondashuvning qo‘llanishi yaqin va uzoq muddatdagi natijalarni yaxshilash va ko‘rsatilayotgan yordam sifati darajasining ijobiy ko‘rsatkichini 50,9% dan 73,9% gacha ko‘tarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish