Kuchkarov Otabek Artikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Polianilin va metall oksidlari asosida ammiak va aminlarni xona haroratida aniqlovchi sensorlar yaratish», 02.00.02 - Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/K553.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Ilxom Ergashboevich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Qutlimuratova Nigora Hakimovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polianilin va metall (vol`fram, qalay, titan) oksidlari asosida xona haroratida NH3 va trietilaminni aniqlovchi selektiv sensorlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor metall (W, Sn va Ti) oksidlari va polianilin asosida ammiak va TEA ni yarimo‘tkazgichli sensorlari uchun gazsezgir materiallar sintezining optimal sharoitlari aniqlangan;
xona haroratida ammiakni selektiv aniqlovchi yarimo‘tkazgichli sensorning sezuvchanligini vol`fram va titan oksidlari ta’sirida oshishi aniqlangan;
PANI/(80%WO3+20%SnO2) tarkibli organo-noorganik gazsezgir materialdan foydalanish xona haroratida TEA ni aniqlashning yuqori sezuvchanligi va selektivligini ta’minlashi isbotlangan;
ammiak va TEA ni xona xaroratida aniqlovchi yarim o‘tkazgichli sensorlarning metrologik va ekspluatatsion parametrlariga turli omillarning ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Polianilin va metall oksidlari asosida ammiak va aminlarni xona haroratida aniqlovchi sensorlar yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan ammiakni aniqlovchi yarimo‘tkazgichli sensor "Muborak gazni qayta ishlash zavodi" MChJ analitik laboratoriyasida amaliyotga joriy etilgan ("Muborak gazni qayta ishlash zavodi" MChJning 2022 yil 23 iyuldagi 844/GK-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektr o‘tkazuvchan polimer polianilindan foydalanilgan, analizning yuqori ekspressligi, sezgirligi, selektivligini ta’minlagan va aniqlash haroratini an’anaviy metall oksidli sensorlarga nisbatan 250°C ga kamaytirish imkonini bergan.
ishlab chiqilgan TEA ni aniqlovchi yarimo‘tkazgichli sensor "Muborak gazni qayta ishlash zavodi" MChJning analitik laboratoriyasida amaliyotga joriy etilgan ("Muborak gazni qayta ishlash zavodi" MChJning 2022 yil 23 iyuldagi 843/GK-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, xona haroratida (25-30 °C) TEA ni aniqlashning yuqori sezuvchanligiga (0,5 REM darajasida), takrorlanuvchanligiga va ekspressligini (25 soniyada) ta’minlash imkonini bergan.