Raximov Murodullo Yusupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yuqori ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘lgan suyuqlik va gazlarni tozalash uchun tebranma harakat usulida kukunli kompozision g‘ovak materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3220.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Soyibjon Sodiqovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Karshiev Mamarayim Sanaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Ulmasov Tulkin Usmanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Shernaev Anvar Normamatovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘lgan suyuqlik va gazlarni tozalash uchun tebranma harakat usulida kukunli kompozision g‘ovak materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tebranma harakat ta’sirida metal kukuni zarrachalaridan G‘O‘M tayyorlash usulida uning asosiy xususiyatlarini bog‘lovchi model` va g‘ovaklarning o‘zgarishi va taqsimlanishini aniqlovchi kinetik tenglama asoslangan;
tebranma harakat ta’sirida metal zarrachalaridan G‘O‘M olish usulida tebranma harakat vaqti va zarrachalar to‘plamining to‘liq har xil o‘lchamlar bo‘yicha bo‘linishi (segregatsiya) aniqlangan;
G‘O‘Mlarda katta zarrachalarning idishdagi dastlabki holati, tebranish parametrlari (chastota, tezlanish), kichik zarrachalar qatlamining qalinligi va tebranishlar yo‘nalishi kabi parametrlarning G‘O‘Mlarning ishlash samaradorligiga ta’siri aniqlangan;
tebranma harakat ta’sirida metal kukuni zarrachalaridan yuqori ekspluatatsion xususiyatlarga ega anizotrop strukturali G‘O‘M olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ushbu texnologiya asosida olingan fil`tr elementlarining ekspluatatsion xususiyatlari an’anaviy usulda olingan fil`tr elementlariga qaraganda o‘tkazuvchanligi 3 marotaba, mexanik mustahkamligi 2 marotaba va ishlash muddati 10 yilga uzayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yuqori ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘lgan suyuqlik va gazlarni tozalash uchun tebranma harakat usulida kukunli kompozision g‘ovak materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
vibratsion shakllanish orqali olingan yangi ishlab chiqilgan kompozision g‘ovakli kukunsimon material “Dalvarzin ta’mirlash zavodi” MChJda MAN yuk mashinalari ichki yonish dvigatelining (IYoD) filt`r elementi sifatida joriy etilgan (UzAuto AJning 2022 yil 29 dekabrdagi 21/06-25-2196-son ma’lumotnomasi). Natijada, vibratsion shakllanish usuli orqali suyuqlik va gazlarning o‘tkazuvchanligini 2 martaga, jarayon unumdorligi va fil`tr elementining ishlash resursini 3 martaga oshirish imkonini bergan;
MAN yuk mashinalari dvigatellaridagi moyni tozalash uchun metall kukunlaridan kompozision g‘ovakli kukunsimon materiallar “Dalvarzin ta’mirlash zavodi” MChJda aaliyotga joriy etilgan (UzAuto AJning 2022 yil 29 dekabrdagi 21/06-25-2196-son ma’lumotnomasi). Natijada, fil`tr elementining mexanik mustahkamligini 2 baravar, xizmat muddatini 10 yilga va suyuqlik va gazlarning tozalash hajmini 10-15 baravarga oshirish imkonini bergan.