Shukurov Jamshid Sultonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyo asosida ko‘p funksiyali ta’sirga ega bo‘lgan xloratli defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/T116.
Ilmiy maslahatchi: Tuxtaev Saydiaxral, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Beglov Boris Mixaylovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Usmanov Sultan Usmanovich, texnika fanlari doktori, professor; Xamrakulov Zohidbek Abdusamadovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: natriy xlorati, ozuqlantiruvchi, fiziologik faol moddalar va insektisidlar asosida sholini pishib etilishini tezlashtiruvchi preparatlarni va g‘o‘zada insektisid faol xususiyatga ega bo‘lgan defoliantlarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv, natriy xlorat, karbamid, sirka kislota, fosfat kislota, atsetat monoetanolammoniy, fosfat karbamid, monoetanolamin, ammiakli suv, atsefat, atsetamiprid, etanol va sipermetrinlar ishtirokida sistemalarning eruvchanligi asosida “tarkib-xossa” va politermik eruvchanlik diagrammalari yaratilgan;
uchta yangi birikma NaClO3·2CO(NH2)2, NH2C2H4OH·CH3COOH va CO(NH2)2·NH2C2H4OH·CH3COOH olingan, moddalar zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida mavjudligi aniqlangan;
sistemalarda eritmaning fizik-kimyoviy xossalari (kristallanish harorati, qovushqoqlik, sindirish ko‘rsatkichi, zichlik va rN mug‘iti) o‘zgarishi harorat va jarayonning davomiyligiga bog‘liqligi aniqlangan;
60%li monokarbamid natriy xlorati eritmasi 49%li fosfat karbamidmonoetanolammoniy eritmasi va 36 % li fosfat karbamidammoniylarni sintez qilishni maqbul sharoitlari aniqlandi;
fiziologik faol moddalar asosida g‘o‘za va sholi o‘simligi uchun kompleks ta’sir etuvchi defoliantlarni maqbul tarkiblari aniqlangan va olish jarayonlarini texnologik tizimlari hamda ularni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Natriy xlorati, ozuqlantiruvchi moddalar, insektisidlar va etilen hosil qiluvchi moddalar asosida kompleks ta’sir etuvchi defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilib olingan defoliantlar Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklarida keng paxta maydonlarida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 martdagi 02/23-176-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu defoliantlar o‘rta tolali g‘o‘za navlariga qo‘llanilganda, ko‘saklarning ochilishi 87,5-90,6%ni, barglarning to‘kilishi 87,6-90,4%ni tashkil etgan, suruvchi zararkunandalarni 98,5-99,6% ga yo‘qotish imkonini bergan;
olingan yangi “Fanbaraka” preparati Toshkent viloyati sholi dala maydonlarida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 martdagi 02/23-176-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu preparat sholida qo‘llanilganda 1000 dona sholi donining og‘irligi 31,68÷31,98 gramni tashkil etib, nazoratga nisbatan sholi hosildorligi 1,9÷3,6 s/ga oshirish imkonini bergan;
insektisidli defoliantlarni olish texnologiyasi «Farg‘onaazot» AJda amaliyotga tatbiq etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2018 yil 29 yanvardagi 01/3-419/P-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘llanilgan defoliantlar hozirda ishlatilayotgan suyuq magniy xlorat defoliantiga nisbatan g‘o‘za hosilni pishib etilishini tezlashtirib, hosildorlikni oshirishga va zararkunandalarni yo‘qotish imkonini bergan;
yangi “Fanbaraka” preparati ishlab chiqarish texnologiyasi «Farg‘onaazot» AJda amaliyotga tatbiq etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2018 yil 29 yanvardagi 01/3-419/P-son ma’lumotnomasi). Natijada preparat respublikamizning sholi maydonlarida qo‘llanilganda sholi hosilini bir vaqtda pishib etilishini ta’minlab, hosildorlikni nazoratga nisbatan 1,9÷3,6 s/ga oshirish imkonini bergan.