Xamdamova Nargiza Tursunbayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Amir Xusrav Dehlaviy va musiqa», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/San42.
Ilmiy rahbar: Begmatov Soyibjon Mahmudovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.03/30.12.2021.San.54.01
Rasmiy opponentlar: Abdullayev Rustambek Samigovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Abduvali Abdurashidov, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Amir Xusrav Dehlaviyning musiqiy merosini, musiqa san’ati rivojiga qo‘shgan nazariy va amaliy ishlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hind musiqa ijrochilik amaliyotida qo‘llanilib kelinayotgan pushtu taal, zumra taal, chautal taal usullari Dehlaviy tomonidan tabla cholg‘usi uchun yaratilganligi “E’jozi Xusrav” risolasidagi ma’lumotlar asoslangan;
risoladagi qavvali, xayal, tarana kabi musiqiy shakllar, bastakorlar ijodiyoti va ular bilan bog‘liq hind mumtoz asarlarning muhim shakli sifatida ijro etilishi, setor cholg‘usiga tor qo‘shilishi bilan qayta shakllanganligi, tabla cholg‘usi esa yangi soz sifatida yaratilganligi, “E’jozi Xusrav” risolasida musiqa nazariyasiga doir ma’lumotlar mavjudligi bilan isbotlangan;
Amir Xusrav Dehlaviy tomonidan takomillashtirilgan (setor) va yaratilgan (tabla) cholg‘ular hamda qavvali, xayal, tarana janrlari hind mumtoz musiqasining yetakchisi bo‘lgan ragalar asosida yaratilganligi dalillangan;
musiqiy namunalarning tuzilish tartibi va ijro uslubi bilan ajralib turuvchi qavvali, xayal, tarana janrlaridagi “sulfakta”, “zumra taal” kabi usullar Amir Xusrav Dehlaviy tomonidan yaratilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Amir Xusrav Dehlaviy va musiqa” tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hind musiqa ijrochilik amaliyotida qo‘llanilib kelinayotgan pushtu taal, zumra taal, chautal taal usullari Dehlaviy tomonidan tabla cholg‘usi uchun yaratilganligi “E’jozi Xusrav” risolasidagi ma’lumotlar “O‘zbek milliy maqom san’ati markazi” tomonidan 2018 yil 6-10 sentyabr kunlari Shaxrisabz shahrida bo‘lib o‘tgan “Maqom musiqa san’ati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya dasturida foydalanilgan (“O‘zbek milliy maqom san’ati markazi”ning 2022 yil 3 iyundagi 100-son ma’lumotnomasi). Natijada konferensiya ishtirokchilarining Amir Xusrav Dehlavviy ilmiy va amaliy merosi haqida yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga erishilgan;
risoladagi qavvali, xayal, tarana kabi musiqiy shakllar, bastakorlar ijodiyoti va ular bilan bog‘liq hind mumtoz asarlarning muhim shakli sifatida ijro etilishi, setor cholg‘usiga tor qo‘shilishi bilan qayta shakllanganligi, tabla cholg‘usi esa yangi soz sifatida yaratilganligi haqida olingan natijalar “Mahalla” radiokanali orqali efirga uzatilgan “Adabiyot gulshani” turkum eshittirishi ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali davlat muassasasiining 2022 yil 13 iyun 765-son ma’lumotnomasi). Pirovardida radiotinglovchilar shu asosda Amir Xusrav Dehlaviy ijodi haqidagi ma’lumotlar yuzasidan muayyan tasavvurga ega bo‘lganlar;
Amir Xusrav Dehlaviy tomonidan takomillashtirilgan (setor) va yaratilgan (tabla) cholg‘ular hamda qavvali, xayal, tarana janrlari hind mumtoz musiqasining yetakchisi bo‘lgan ragalar asosida yaratilganligi O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida faoliyat yuritayotgan bastakorlar va musiqashunoslar sho‘ba majlislarida milliy maqomshunoslikning janr va ashulalari, mahalliy uslublar shakllanishiga asoslangan holda foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2022 yil 14 iyun 01-04/63-120-son ma’lumotnomasi). Pirovardida yosh bastakorlar va musiqashunoslar Amir xusrav Dehlaviy va uning ijodi, adabiyot, musiqa sohalarida amalga oshirgan ishlari xususida qiziqarli ma’lumotlarga va muayyan tasavvurlarga ega bo‘ldilar;
musiqiy namunalarning tuzilish tartibi va ijro uslubi bilan ajralib turuvchi qavvali, xayal, tarana janrlaridagi “sulfakta”, “zumra taal” kabi usullar Amir Xusrav Dehlaviy tomonidan yaratilganligi haqida olingan natijalar “Mahalla” radiokanali orqali efirga uzatilgan “Adabiyot gulshani” turkum eshittirishi ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali davlat muassasasiining 2022 yil 13 iyun 765-son ma’lumotnomasi). Pirovardida radiotinglovchilar shu asosda Amir Xusrav Dehlaviy ijodi haqidagi ma’lumotlar yuzasidan muayyan tasavvurga ega bo‘lganlar.