Turdiyeva Mohira Juraqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Shaxsga yo‘naltirilgan va innovatsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3805.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Olimov Qaxramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped80.01.
Rasmiy opponentlar: Majidova Ra’no Urishevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor, Hurvaliyeva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxsga yo‘naltirilgan va innovasion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari va pedagogik shart-sharoitlari shaxsga yo‘naltirilgan va innovatsion yondashuvni amalga oshirishning metodik asoslarini belgilash hamda ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanish, o‘z-o‘zini baholash asosida aniqlashtirilgan;
maktabga yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik modeli “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturidagi beshta soha o‘rtasidagi uzviylik va izchillikni ta’minlashga qaratilgan kreativlikka tarbiyalash, ijod mahsulotlarini yaratish, tarbiyalanuvchilarni ijodkorlikka bo‘lgan motivasiyasini oshirishga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
bolani ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan metodika “Matematik muzqaymoq”, “Matematik quticha”, “Sehrli qopcha”, tasviriy ijodkorlikni rivojlantirishda “Yashiringan shakllar”, “Zooparkdagi rassom”, musiqiy ijodkorlikni rivojlantirishda “Musiqali gul”, “Musiqali zinacha” kabi innovasion metodlarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida kompleks qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
mashg‘ulotlarda o‘yinli ijodkorlikka yo‘naltirilgan didaktik vazifalarni bajarish jarayonining axborot metodik ta’minoti o‘yinlar to‘plami hamda mantiqiy fikrlashni, e’tiborni, xotirani rivojlantirishga qaratilgan ta’limiy resurslar takomillashtirilgan hamda bolalarning ijodiy qobiliyatlari rivojlanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan “Kuzatuv daftari” ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda shaxsga yo‘naltirilgan va innovatsion yondashuvni amalga oshirishning metodik asoslarini belgilash hamda ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanish, o‘z-o‘zini baholashga oid tavsiyalardan Toshkent, Buxoro va Navoiy viloyatlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 23 dekabrdagi 03-03/2-3291-son ma’lumotnomasi). Natijada tarbiyalanuvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, qiziqishlarini inobatga olgan holda ijodiy qobiliyatini rivojlantirish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bolani ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan metodika “Matematik muzqaymoq”, “Matematik quticha”, “Sehrli qopcha”, tasviriy ijodkorlikni rivojlantirishda “Yashiringan shakllar”, “Zooparkdagi rassom”, musiqiy ijodkorlikni rivojlantirishda “Musiqali gul”, “Musiqali zinacha” kabi innovasion metodlaridan hamda bolalarning ijodiy qobiliyatlari rivojlanganlik darajasi baholashga qaratilgan “Kuzatuv daftari”dan Toshkent, Buxoro va Navoiy viloyatlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kreativ mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 23 dekabrdagi 03-03/2-3291-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni o‘tkazish orqali ta’lim samaradorligini oshirishga erishilgan;
maktabga yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturidagi beshta soha o‘rtasidagi uzviylik va izchillikni ta’minlashga qaratilgan kreativlikka tarbiyalash, ijod mahsulotlarini yaratish, tarbiyalanuvchilarni ijodkorlikka bo‘lgan motivasiyasini oshirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar “Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning innovasion metodlari” nomli o‘quv qo‘llanmasi, “Bo‘lajak tarbiyachilarning tafakkurini rivojlantirishda innovasion pedagogik texnologiyalarning ahamiyati” monografiyasi hamda “Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning innovasion metodlari” metodik qo‘llanmasi, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini pedagogik jarayonga tatbiq etish elektron darsligi mazmunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 23 dekabrdagi 03-03/2-3291-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim samadorligini oshirishga erishilgan.