Kosimbetov Batirbay Elbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekssentrik valli konussimon maydalagichni hisoblash usullarini va konstruksiyasini takomillashtirish», 05.02.02. –Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari ixtisosligi.
 Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T1626
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Shukurov Rustam Utkurovich
Ilmiy rahbar:  texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Irgashev Amirqul, texnika fanlari doktori, professor; Babashev Qutlimurat Aytmuratovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoi davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maydalash uskunasining ishlash xususiyatlarini va eyilishga bardoshliligini hisobga olgan holda samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konusli maydalagichlar detallarini kimyoviy tarkibining cheklangan konsentratsiyasi legirlovchi elementlarning ta’siri asosida ishlab chiqilgan; 
eyilish jarayonining matematik modeli maydalash uskunasi ish jarayoni dinamiklik darajasi asosida ishlab chiqilgan;
ma’dan toshlarni maydalanish jarayonining matematik modeli maydalagichning konstruktiv parametrlari hamda tog‘ jinslarining maydalanish xarakterlari asosida ishlab chiqilgan.
maydalash uskunasi zirhlarining eyilishga bardoshliligini hisoblash usullari abraziv materiallarning geometriyasi va zarb yo‘nalishlari asosida ishlab chiqilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ekssentrik valli konussimon maydalagichni xisoblash usullarini va konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
konusli maydalagichlar maydalash kamerasining konussimon detallarini maydalagichlarning optimal profili konstruksiyasi «Qoratov» yo‘llaridan muntazam foydalanish unitar korxonasida joriy qilingan «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasining 2022-yil  7-sentyabrdagi 03/1249 - son ma’lumotnomasi. Joriy qilish natijasida konusli maydalagichlarning ishlash muddatini 1,2 marta oshgan;
konusli maydalagichlar maydalash kamerasining konussimon detallarining eyilishga bardosh modifikatsiyalangan yuqori marganesli po‘latlar kimyoviy tarkibini optimallashtirish «Qoratov» yo‘llaridan muntazam foydalanish unitar korxonasida joriy qilingan. «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasining 2022-yil 7-sentyabrdagi 03/1249 – son ma’lumotnomasi. Joriy qilish natijasida maydalash kamerasidagi konussimon detallarning zarbga chidamliligi 1,3 barobar, qattiqligi 1,2-1,4 barobar oshgan;
maydalash uskunasi ish jarayoni dinamiklik darajasi inobatga olingan xoldagi ularning eyilish parametrlarini hisoblashning matematik modeli «Qoratov» yo‘llaridan muntazam foydalanish unitar korxonasida joriy qilingan. «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasining 2022-yil 7-sentyabrdagi 03/1249 – son ma’lumotnomasi. Joriy qilish natijasida konusli maydalagichlarining resursi 12-17% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish