Raxmatullayev Ravshanbek Kushmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quritilgan uzumni tozalash qurilmasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1748.
Ilmiy rahbar: Raxmatov Orifjon, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Norchayev Davron Rustamovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Mamadjanov Sultonali Islomaliyevich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: «BMKB-Agromash» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi quritilgan uzumni tozalash uchun rotor-shtiftli qurilmani ishlab chiqish va uni kam energiya sarflangan holda yuqori ish sifatini ta’minlaydigan parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quritilgan uzumni tozalanish qurilmaning konstruksiyasi quritilgan uzumni sifatli tozalanishni ta’minlashi lozimligidan tik rotor-shtiftli etib ishlab chiqilgan;
tik rotor-shtiftli qurilmaning ish rejimlari quritilgan uzum o‘lchamlari va uni shingil va shoxchalardan to‘liq tozalanishi shartidan aniqlangan;
qurilma dismembratori diametrining maqbul qiymati uzumning otilish burchagi va shtiftlar orasidagi masofalar quritilgan uzumni shikastlanish darajasi minimal bo‘lishi shartidan kelib chiqib asoslangan;
tik rotor-shtiftli qurilma ish organlari parametrlarining maqbul qiymatlari quritilgan uzumning tozalanish, shikastlanish va yo‘qotilish darajalarining agrotexnika talablari darajasida bo‘lishini hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quritilgan uzumni tozalash qurilmasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
quritilgan uzumni tozalash qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining foydali modelga patentlari olingan («Quritilgan uzumni shoxchalaridan tozalash uchun qurilma» № FAP 01475-2020 y. va № FAP 01810-2022 y.). Natijada tik ta’sir etadigan rotor-shtiftli qurilma konstruksiyasini ishlab chiqishning texnik imokniyati yaratilgan.
ishlab chiqilgan qurilma Sirdaryo viloyatining Guliston va Mirzaobod tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 5 apreldagi 07/24-04/1943-son ma’lumotnomasi). Natijada quritilgan uzumni tozalash sifatini 20 foizga oshirish hamda shikastlanish darajasi va energiya sarfini, mos ravishda, 12 foiz va 1,2 martaga kamaytirish imkoni yaratilgan;
qurilmani loyiha-konstruktorlik hujjatlari «Texekspromt» OAJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 5 apreldagi 07/24-04/1943-son ma’lumotnomasi). Natijada quritilgan uzumni tozalash qurilmasini sanoat usulida ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.