Norkuvatova Gulmira Izatullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqada yengil sanoatni rivojlantirish va hududiy tashkil etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Navoiy viloyati misolida)», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2 B2022.4.PhD/Iqt2628
Ilmiy rahbar: Murodova Nodira Qulliyevna, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hakimov Ziyodulla Axmadovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada yengil sanoat korxonalarini rivojlantirish va hududiy tashkil etishning tashkiliy - iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Ilmiy markaz + klaster» modeli shaklidagi yangi klaster tarmog‘ini yaratish tizimi tashkiliy–iqtisodiy jihatdan takomillashtirilgan va yangi ish o‘rinlarini yaratish samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
Navoiy viloyati yengil sanoati va unga xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlarning hududiy ixtisoslashuvi negizida “Smart markaz + klaster” modeli shaklida yangi klaster tarmog‘i taklif etilgan;
yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va korxonalarning eksport faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida “To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi”ni tashkil etish taklifi asoslangan va jamg‘armaning daromadlari hisobidan ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan korxonalarga xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratishning tashkiliy-iqtisodiy yondoshuvi taklif etilgan;
iqtisodiy o‘sish nuqtasi sifatida «Navoiy paxta-to‘qimachilik klasteri» shaklida yengil sanoat korxonalarining faol investisiya siyosatidan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan yengil sanoat ishlab chiqarishning 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada yengil sanoatning rivojlanishi va hududiy tashkil etishning tashkiliy-mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ilmiy markaz + klaster» modeli shaklidagi yangi klaster tarmog‘ini yaratish tizimi tashkiliy–iqtisodiy jihatdan takomillashtirilgan va yangi ish o‘rinlarini yaratish samaradorligini oshirish taklifi Navoiy viloyati hokimining 2022-yil 6-maydagi “2022-2026-yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VM-217-son qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi 102-5-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022-yil 20-oktyabrdagi 11/03-15-11318-son ma’lumotnomasi). Natijada, Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida “Ip kalava ishlab chiqarishni tashkil etish”, Baxt Tekstil va Navbaxor Tekstil korxonalarida “Tikuvchilik kompleksini tashkil etish” loyihalari shakllantirilgan ilmiy markazlar hamkorligida amalga oshirilgan, 360 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan va 1500 yangi ish o‘rinlari yaratilgan;
Navoiy viloyati yengil sanoati va unga xom ashyo etkazib beruvchi tarmoqlarning hududiy ixtisoslashuvi negizida “Smart markaz + klaster” modeli shaklida yangi klaster tarmog‘i bo‘yicha taklifi Navoiy viloyati hokimining 2022-yil 6-maydagi “2022-2026-yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VM-217-son qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi 102-5-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022-yil 20-oktyabrdagi 11/03-15-11318-son ma’lumotnomasi). Natijada Navoiy viloyatining «Iqtisodiy xaritasi», «Sanoat xaritasi»ni va viloyatda ilk bor «Yengil sanoat» xarita – sxemasi ishlab chiqilgan.
yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va korxonalarning eksport faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida “To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi”ni tashkil etish taklifi asoslangan va jamg‘armaning daromadlari hisobidan ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan korxonalarga xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratishning tashkiliy-iqtisodiy yondoshuvi bo‘yicha taklifi Navoiy viloyati hokimining 2022-yil 6-maydagi “2022-2026-yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VM-217-son qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi 102-5-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022-yil 20-oktyabrdagi 11/03-15-11318-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiyotni amaliyotga joriy etilishi natijasida “To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tashkil etilgan, O‘zbekiston Respublikasi Savdo - sanoat palatasi tarkibidagi korxonalarga jamg‘arma daromadlari hisobidan va korxonalarda bajarilgan loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, ammo ko‘pi bilan 500 ming AQSH dollari miqdorida subsidiya ajratish mexanizmi joriy etilgan;
iqtisodiy o‘sish nuqtasi sifatida «Navoiy paxta-to‘qimachilik klasteri» shaklida yengil sanoat korxonalarining faol investisiya siyosatidan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan yengil sanoat ishlab chiqarishning 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognoz qiymatlari Navoiy viloyati hokimining 2022-yil 6-maydagi “2022-2026-yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VM-217-son qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi 102-5-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022-yil 20-oktyabrdagi 11/03-15-11318-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz qiymatlardan “2022-2026-yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” viloyat Dasturi prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.