Imanova Umida Baxtiyorovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy byudjetlarni o‘rta muddatli rejalashtirish istiqbollari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1214.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professsor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibayeva Raya Xadjabayevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Botirov Azamat Axmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy byudjetlarni o‘rta muddatli rejalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rta muddatli byudjetni tayyorlash jarayonini ikki bosqichda (tuzish va tayyorlash) amalga oshirish bo‘yicha yagona qo‘llanmalar to‘plami (sirkulyar)ni ishlab chiqish orqali o‘rta muddatli byudjet asoslarining huquqiy bazasini takomillashtirish asoslangan;
byudjetni o‘rta muddatli davr uchun rejalashtirishda kelgusi yil uchun byudjet so‘rovlarini taqdim etish muddatlarini yangi byudjet taqvimiga mos holda ishlab chiqish orqali byudjet jarayoni ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish taklifi asoslangan;
mahalliy byudjetlarni o‘rta muddatli rejalashtirishda moliyalashtirish manbasi aniq bo‘lmagan, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, ish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari)siz yoki loyiha hujjatlarini qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda tayyorlash, ya’ni parallel ravishda olib borish hollarida byudjet tizimi byudjetlari hisobidan xarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarishni taqiqlash orqali soliq-byudjet siyosatining “natijaga yo‘naltirilgan byudjet” tizimi strategik yondashuviga mosligini ta’minlash asoslangan;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining byudjet so‘rovini tuzish jarayonida hududiy byudjet mablag‘larini taqsimlovchilariga mahalliy byudjetlar hisobidan ajratiladigan byudjet mablag‘larining chegaraviy miqdorlarini tasdiqlash orqali byudjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini aniqlashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy byudjetlarni o‘rta muddatli rejalashtirish istiqbollari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
o‘rta muddatli byudjetni tayyorlash jarayonini ikki bosqichda (tuzish va tayyorlash) amalga oshirish bo‘yicha yagona qo‘llanmalar to‘plami (sirkulyar)ni ishlab chiqish orqali o‘rta muddatli byudjet asoslarining huquqiy bazasini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 506-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 16-maydagi 06/04-01-01-37/1599-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida byudjet tizimi darajalari o‘rtasidagi o‘rta muddatli rejalashtirish mexanizmini ishlab chiqish va undan foydalanish imkoni yaratilgan;
byudjetni o‘rta muddatli davr uchun rejalashtirishda kelgusi yil uchun byudjet so‘rovlarini taqdim etish muddatlarini yangi byudjet taqvimiga mos holda ishlab chiqish orqali byudjet jarayoni ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi “Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-660-sonli qonuniga muvofiq tegishli o‘zgartishlarni kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 16-maydagi 06/04-01-01-37/1599-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksining 92-moddasiga tegishli o‘zgarishlar kiritilib, mahalliy byudjetlar byudjet so‘rovining muddatlari o‘rta muddatga mo‘ljallangan fiskal strategiyaga mosligi hamda ularning o‘rta muddatga mo‘ljallangan uch yillik prognoz ko‘rsatkichlar ishlab chiqilishini ta’minlanish imkoni yaratilgan;
mahalliy byudjetlarni o‘rta muddatli rejalashtirishda moliyalashtirish manbasi aniq bo‘lmagan, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, ish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari) siz yoki loyiha hujjatlarini qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda tayyorlash, ya’ni parallel ravishda olib borish hollarida byudjet tizimi byudjetlari hisobidan xarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarishni taqiqlash orqali soliq-byudjet siyosatining “natijaga yo‘naltirilgan byudjet” tizimi strategik yondashuviga mosligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 16-maydagi 06/04-01-01-37/1599-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida rejalashtirilgan loyihalarni o‘rta muddatlardagi prognoz istiqbol mo‘ljallardan kelib chiqib uch yillik prognoz ko‘rsatkichlar aniqligini oshishi mahalliy byudjetlarni o‘rta muddatli rejalashtirishning sifat va miqdor jihatdan yaxshilanishiga hamda amalga oshirilayotgan loyihalar natijadorligining ta’minlanishiga imkon yaratilgan; 
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining byudjet so‘rovini tuzish jarayonida hududiy byudjet mablag‘larini taqsimlovchilariga mahalliy byudjetlar hisobidan ajratiladigan byudjet mablag‘larining chegaraviy miqdorlarini tasdiqlash orqali byudjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini aniqlashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi “Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-660-sonli qonunida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 16-maydagi 06/04-01-01-37/1599-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksining 28-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, o‘rta muddatli byudjetni rejalashtirishning uslubiy va me’yoriy bazasi, davlat moliyasining barqarorligini ta’minlash uchun soliq-byudjet qoidalarini (uzoq muddatli soliq-byudjet ko‘rsatkichlarni) ishlab chiqilishini ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish