Bakieva Shoxista Rustamovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali virusli gepatit C kasalligida jigar steatozining klinik, terapevtik va prognostik jihatlari», 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/2019.Tib.902.
Ilmiy rahbar: Xikmatullaeva Aziza Saydullaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining virusologiya ilmiy-tadqiqot  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01. 
Rasmiy opponentlar: Axmedova Mubaraxon Djalilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamilov Farxod Xaydarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali virusli gepatit C kasalligida jigar steatozining klinik, terapevtik va prognostik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali virusli gepatit C bilan kasallangan 1, 2, 3 genotipli bemorlarda jigar steatozining uchrashi, jigar steatozining eng ko‘p va og‘irroq darajasi HCV-infeksiyasining 2-genotipli bemorlarida kuzatilishi isbotlangan;
bevosita ta’sir qiluvchi dorilar bilan virusga qarshi terapiyaning jigar steatozining og‘irligiga ta’sir etmasligi isbotlangan; 
gepatit C virusi keltirib chiqaradigan jigar steatozining tashxisoti va davolanishi kechiktirilgan taqdirda jigar sirrozi rivojlanishining iqtisodiy yuki baholangan;
IL28B gen polimorfizmi surunkali virusli gepatit C bilan kasallanganlarda jigar steatozi rivojlanishining prognostik belgi sifatida kasallikning kechishi uchun prognoz bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Surunkali virusli gepatit C kasalligida jigar steatozining  klinik, terapevtik va prognostik jihatlari o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
surunkali virusli gepatit C kasalligida jigar steatozini tashxislash bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan «Virusli gepatit C bilan kasallangan bemorlarda jigar steatozini tashxislash va nazorat qilish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 noyabrdagi 8n-z/402-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali virusli gepatit C kasalligida jigar steatozini tashxislash va nazorat qilish algoritmini qo‘llash kasallikning asoratlarini kamaytirish va oldini olish hamda shifoxonada davolanish muddatlarini qisqartirish imkonini bergan;
 surunkali virusli gepatit C kasalligida jigar steatozini tashxislash va nazorat qilish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi va Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 25 yanvardagi 08-01513-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar surunkali virusli gepatit C kasalligida jigar steatozini aniqlashda o‘z vaqtida tashxisot o‘tkazish, bemorlarning davolanish muddatini qisqartirish, kasallik asoratlarining erta oldini olish imkonini yaratgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish