Nagmetova Nursulu Muratbaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘smirlarni mustaqil hayotga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktablarining o‘smir o‘g‘il bolalari  misolida)», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped138.

Ilmiy rahbar: Musurmanova Oynisa, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.58.01.

Rasmiy opponentlar: Xalilov Faxriddin Nuritdinovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Bekimbetova Aynagul Amangeldievna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘smir o‘g‘il bolalarni mustaqil hayotga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sinfdan tashqari ishlar mazmuni o‘smir o‘g‘il bolalarning hayotiy ideal diagnostikasi hamda tarbiyalanganlik darajasini belgilovchi mezonlar (mustaqil hayotning mohiyati, oila va jamiyatda erkakning burch va vazifalari, yigitlik g‘ururi, mardlik, jasorat, qahramonlik, kasb-hunarga qiziqishi) o‘zaro optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;

“Adabiyot”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fanlarining mazmuni o‘smir o‘g‘il bolalarni mustaqil hayotga tayyorlashga ustuvorlik berish asosida sifat va samaradorligini ta’minlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar takomillashtirilgan;

o‘smir o‘g‘il bolalarning bo‘sh vaqtlarini geografik-demografik imkoniyatlar doirasida tashkil etishga qaratilgan “O‘smir o‘g‘il bolalarni mustaqil hayotga tayyorlash” fakul`tativ kursi mazmuni o‘smirlar motivatsion faoliyati komponentlari vositasida takomillashtirilgan;

o‘smirlarni mustaqil hayotga tayyorlashda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ijtimoiy institutlar bilan pedagogik hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘smir o‘g‘il bolalarni mustaqil hayotga tayyorlashga doir tadqiqot natijalari asosida:

tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan o‘smir o‘g‘il bolalarni mustaqil hayotga tayyorlashning deontologik, psixologik va fiziologik barqarorlik komponentlarini  takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2010 yil 10 apreldagi «Uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta’lim-tarbiya  samaradorligini yangi sifat darajasiga  ko‘tarish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida»gi 63-son buyrug‘ining 4-, 5-bandlarida o‘z aksini topgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 3 fevraldagi 01-01/4-329-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘istonda o‘smirlar ta’limi va tarbiyasi samaradorligini oshirishda ta’lim muassasalari bilan ijtimoiy institutlar hamkorligi faollashgan;

o‘smirlarni mustaqil hayotga tayyorlashda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ijtimoiy institutlar bilan pedagogik hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarga oid taklif va tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 2 martdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida jinoyatchilikning oldini olish va ichki ishlar tashkilotlari ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 43/1-son buyrug‘i birinchi ilovasining 1-, 2-, 3-bandlarida o‘z aksini topgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 3 fevraldagi 01-01/4-329-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘istonda o‘smirlarning g‘oyaviy va ma’naviy tahdidlarga qarshi immunitetini shakllantirish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish