Turdiyeva Nargiza Mardonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Loyiha ta’lim texnologiyasi asosida turizm yo‘nalishi talabalarida muloqotchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2397.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI. 
Ilmiy rahbar: Egamberdiyeva Nodira Melibayevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponetlar: Xasanova Kibriyo Xasanovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Alimova Mashhura Toirxonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilimlarga qiziqishini shakllantirish uchun didaktik imkoniyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm yo‘nalishi talabalarida shaxslararo muloqotchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari loyiha texnologiyasi orqali dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar maqsadlarini uyg‘unlashtirish, talabalarning real hayotiy vaziyatlarga oid amaliy tajribasini boyitish ehtiyojlari va izlanuvchanlik faoliyati aloqadorligini rivojlantirish hamda adekvat motivatsiyalarini rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida kengaytirilgan; 
turizm yo‘nalishi talabalarning muloqotchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirish bosqichlari kasbiy ijtimoiylashuv jarayonidagi kommunikativ kompetentlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning madaniyatlararo muloqot jarayonidagi vaziyatga emosional moslashishda integrativ ta’sirini belgilash asosida aniqlashtirilgan;
turizm yo‘nalishi talabalarida muloqotchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik modeli muloqotning perseptiv mexanizmlariga ko‘ra subyektlarni idrok etishning nazariy hamda amaliy birligini didaktik tamoyillarga adaptiv sinxronlashtirish hamda umummadaniy fazilatlar barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
turizm yo‘nalishi talabalarida muloqotchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti loyiha ta’lim texnologiyasining talabalarda madaniyatlararo aloqalarini amalga oshirish, mustaqil fikrlash, nutq madaniyati, ekskursiya xizmatini tashkil etish, vaziyatga tez moslashishini ta’minlash imkoniyatlariga ko‘ra didaktik, akmeologik va faoliyatli yondashuvlarni aniqlash asosida boyitilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Loyiha ta’lim texnologiyasi asosida turizm yo‘nalishi talabalarida muloqotchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
turizm yo‘nalishi talabalarida shaxslararo muloqotchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari loyiha texnologiyasi orqali dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar maqsadlarini uyg‘unlashtirish, talabalarning real hayotiy vaziyatlarga oid amaliy tajribasini boyitish ehtiyojlari va izlanuvchanlik faoliyati aloqadorligini rivojlantirish hamda adekvat motivatsiyalarini rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida kengaytirishga doir takliflardan JHBL – 31-sonli “Gastro – mahalla” mavzusidagi amaliy loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 4 oktyabrdagi 02-07-3320/04-sonli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak turizm sohasi mutaxassislarida muloqotchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tahlil etishga erishilgan;
turizm yo‘nalishi talabalarning muloqotchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirish bosqichlari kasbiy ijtimoiylashuv jarayonidagi kommunikativ kompetentlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning madaniyatlararo muloqot jarayonidagi vaziyatga emosional moslashishda integrativ ta’sirini belgilash asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 4 oktyabrdagi 02-07-3320/04-son dalolatnomasi). Natijada turizm yo‘nalishi talabalarida muloqotchanlik ko‘nikmalarini rivojlontirish bosqichlarini va mezonlarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
tturizm yo‘nalishi talabalarida muloqotchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik modeli muloqotning perseptiv mexanizmlariga ko‘ra subyektlarni idrok etishning nazariy hamda amaliy birligini didaktik tamoyillarga adaptiv sinxronlashtirish hamda umummadaniy fazilatlar barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan JHBL – 31-sonli “Gastro – mahalla” mavzusidagi amaliy loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 4 oktyabrdagi 02-07-3320/04-son dalolatnomasi). Natijada loyiha ta’lim texnologiyasi asosida turizm yo‘nalishi talabalarida muloqotchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik modelini takomillashtirish imkoni oshirilgan;
turizm yo‘nalishi talabalarida muloqotchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti loyiha ta’lim texnologiyasining talabalarda madaniyatlararo aloqalarini amalga oshirish, mustaqil fikrlash, nutq madaniyati, ekskursiya xizmatini tashkil etish, vaziyatga tez moslashishini ta’minlash imkoniyatlariga ko‘ra didaktik, akmeologik va faoliyatli yondashuvlarni aniqlash asosida boyitishga doir taklif va tavsiyalardan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 4 oktyabrdagi 02-07-3320/04-son dalolatnomasi). Natijada loyiha ta’lim texnologiyasi asosida turizm yo‘nalishi talabalarida muloqotchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish