Azizov Ma’rufxo‘ja Axmatxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport turizmi tadbirlarida o‘quvchilarda ekologik madaniyatni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari” (7-9-sinflar misolida), 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ( pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2955.
Ilmiy rahbar: Boltayeva Muxayyo Lutfullayevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03. 
Rasmiy opponentlar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Umarov Abdusamad Abdumalikovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi sport turizmi tadbirlarida o‘quvchilarda ekologik madaniyatni rivojlantirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sport turizmi tadbirlarida o‘quvchilarda ekologik madaniyatni rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari o‘quvchilarda ekologiyaga oid bilim va tushunchalar asosida amaliy tajriba hosil qilish, tabiatni muhofaza qilish kabi integratsiya jarayonlarida shaxsiyatli yondashuvni yuzaga keltirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda ekologik madaniyatni rivojlantirishning mazmuni o‘quvchilarda o‘z-o‘zini boshqarish, amaliy-faoliyatli va psixofiziologik shaxs komponentlarini rivojlantirishga qaratilgan sport musobaqalarini maqsadli joriy etish orqali takomillashtirilgan;
sport turizmi tadbirlarida o‘quvchilarda ekologik madaniyatni rivojlantirishning didaktik ta’minoti o‘quvchilarning o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan jismoniy, ekologik, ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarning pedagogik asoslarini amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan faoliyat jarayoniga ustivorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning ekologik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari ichki motivatsiyani qaror toptirishga yo‘naltirilgan o‘z-o‘zini odatlantirish hamda sport turizmlarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bilan adaptiv aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sport turizmi jarayonida o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sport turizmi tadbirlarida o‘quvchilarda ekologik madaniyatni rivojlantirishning pedagogic xususiyatlari o‘quvchilarda ekologiyaga oid bilim va tushunchalar asosida amaliy tajriba hosil qilish, salomatlikni saqlash, tabiatni muhofaza qilish kabi integratsiya jarayonlarida shaxsiyatli yondashuv yuzaga keltirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan A-1-099 “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” (2015-2017 yy) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022-yil 20-iyuldagi 01/11-01/9-1148-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport turizmi tadbirlarida o‘quvchilarda inson salomatligini saqlash va tabiatni muhofaza qilish integratsiyasi ta’minlangan;
sport turizmi tadbirlarida o‘quvchilarda ekologik madaniyatni rivojlantirishning mazmuni o‘quvchilarda o‘z-o‘zini boshqarish, amaliy-faoliyatli va psixofiziologik shaxs komponentlarini rivojlantirishga qaratilgan sport musobaqalarini maqsadli joriy etish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Namangan viloyatida “Sport turizmi va ekologik madaniyatni yuksaltirishning innovatsion texnologiyalari” mavzusida targ‘ibot tadbirini tashkil qilishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022-yil 20-iyuldagi 01/11-01/9-1148 ma’lumotnomasi). Natijada, sport turizmi tadbirlarida o‘quvchilarda ekologik madaniyatni rivojlantirishning mazmuni aniqlashtirilgan;
sport turizmi tadbirlarida o‘quvchilarda ekologik madaniyatni rivojlantirishning didaktik ta’minoti o‘quvchilarning o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan jismoniy, ekologik, ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarning pedagogik asoslarini amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan faoliyat jarayoniga ustivorlik berish orqali aniqlashtirishga hamda o‘quvchilarning ekologik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari ichki motivatsiyani qaror toptirishga yo‘naltirilgan o‘z-o‘zini odatlantirish hamda sport turizmlarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bilan adaptiv aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan A-1-099 “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” (2015-2017 yy) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022-yil 20-iyuldagi 01/11-01/9-1148-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport turizmi jarayonida o‘quvchilarda ekologik madaniyatni rivojlantirishning didaktik ta’minoti boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish