Pazlitdinova Nargiza Zuriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tili fitonimlarining leksik-semantik xususiyatlari», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil192.
Ilmiy rahbar: Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor; Jabborov Xo‘jamurod, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fitonimikaning nazariy masalalarini yoritish, fitonimlarning lisoniy maqomini belgilash, o‘zbek tili fitonimlarining leksik-semantik xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fitonimlarning onomastik tizimdagi lisoniy maqomi aniqlangan;
fitonimlarning leksik-semantik xususiyatlari va onomastik vazifasi dalillangan;
fitonimlar guruhiga kiruvchi nominativ birliklar va fitonimika sohasining tadqiq ko‘lami, vazifalari asoslangan;
fitonimlarning nominatsion-motivatsion asoslari va lug‘aviy-ma’noviy xususiyatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tilidagi fitonimik birliklarni leksik-semantik tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fitonim, fitonimik ko‘lam, fitonimiya, fitonimika, fitonimik leksika, etnofitonim, topofitonim, antropofitonim, lingvobotanik, onomastik konversiyakabi terminlarni izohlashda dissertatsiya natijalari va xulosalariga murojaat qilingan hamda mustaqillik yillarida yuzaga kelgan «Istiqlol»(sholi navi), «Mustaqillik» (sholi, g‘o‘za navlari), «Navro‘z» (makkajo‘xori, mosh navlari), «Toshkent to‘yonasi» // «Toshkent yubileyi», «O‘zbekiston to‘yonasi» // «O‘zbekiston yubileyi» (xrizantema navlari), «Istiqlol – 6», «Iftixor» (bug‘doy navlari), «Istiqlol» (pomidor navi), «Istiqbol» (shaftoli navi) kabi fitonimlarning motivatsion xususiyatlarini hamda fitonimlarning lisoniy maqomi va vazifalarini yoritishda, shuningdek, mustaqillik davri o‘zbek onomastikasining taraqqiyotini o‘zida aks ettiruvchi bir qancha nomlarni izohlashda FA-F1-GO41 raqamli «O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish» fundamental ilmiy loyihaning «O‘zbek tili leksikasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish» yo‘nalishida foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 22 dekabrdagi FTA-02-11/1347-son ma’lumotnomasi). Natijada fitonimik birliklarning izohlari boyigan, mukammallashgan;
fitonimik birliklar (o‘simliklarning nav va xillari nomlari)ning leksik-semantik tadqiqi yuzasidan olingan natijalardan Namangan viloyati teleradiokompaniyasi ijodkorlari 2017 yil 24 dekabrda efirga uzatilgan «Gul diyorim, Namangan» ko‘rsatuvining «Ilmiy tadqiqot» sahifasida tele-tomoshabinlarga hozirgi o‘zbek tilshunosligidagi yangiliklar, atoqli otlarning bir turi – fitonimlar (sabzavot, poliz, donli ekinlar va mevali daraxt navlari hamda xillarining atoqli otlari) haqida ilmiy ma’lumotlar berishda foydalanilgan (Namangan viloyati teleradio-kompaniyasining 2017 yil 12 dekabrdagi 08-02/743-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur manbalar ko‘rsatuvning ma’rifiy va amaliy jihatdan boyishini ta’minlagan;
xulosalar va tahlillar asosida «O‘zbek tili fitonimlarining imlo lug‘ati» yaratilgan (Namangan davlat universiteti ilmiy-texnik kengashining 2017 yil 12 dekabrdagi 12-yig‘ilishi qarori). Natijada o‘zbek tili fitonimlari imlosidagi xatolar oldi olingan.