Rubidinov Shoxrux G‘ayratjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kimyo sanoati uskunalarini ximoyalash uchun antikorrozion kompozision materiallar va qoplamalar olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3222.
Ilmiy rahbar: Yulchieva Surayyo Baxramovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Talipov Nigmatulla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor; Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kimyo sanoati uskunalarini agressiv muhit ta’siridan himoyalovchi qoplamalar uchun antikorrozion kompozision materiallarni olishning samarali tarkiblari va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gidroliz spirti ishlab chiqarishning agressiv muhitida suyuq shishali kompozisiyalar gidrotatsiyasi va struktura hosil bo‘lish  jarayonlari qonuniyatlari aniqlangan;
suyuq shisha gidrolizi natijasida to‘ldiruvchining kremniy kislotasi geli bilan mustaxkam bog‘lanishini ta’minlab beruvchi, namlanganda gelga o‘xshash holatga o‘tuvchi ishqoriy gidrosilikatlarning shakllanishi aniqlangan; 
gidrolizlangan suyuq shishalarning yanada polimerlanganligi va tarkibidagi kremniy-kislorodli karkasning zich joylashganligi hisobiga kremnezem modulining ortishi va strukturaning mustahkamlanganligi aniqlangan; 
ishlab chiqilgan suyuq shishali import o‘rnini bosuvchi antikorrozion kompozision qoplamaning yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarga egaligi aniqlangan; 
maxalliy xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilari asosidagi antikorrozion kompozisiyani olishning maqbul texnologik parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Agressiv muhitda ishlaydigan uskunalarning ishchi yuzasini qoplash uchun antikorrozion kompozision silikat materiallarining tarkibini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan korroziyabardosh silikat kompozisiyalar va ular asosidagi qoplamalar «Namanganvino» MChJda uskuna va qurilmalarning ishchi yuzasiga qo‘llashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochiliqni rivojlantirish agentligining 2021 yil 16 iyuldagi 02-19/2464-son ma’lumotnomasi). Natijada, gidroliz sexi sig‘imlari va uskunalarining ishlashi va samaradorligini, mehnat unumdorligini oshirish, uskunalarning energiya va resurstejamkorligini hamda agressiv muhitga chidamliligini 32,8 MPa ga  oshirish imkonini bergan;
antikorrozion kompozision materiallar va ular asosida qoplamalar «Namanganvino» MChJ alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish uskunalari va apparatlarini korroziyadan himoya qilish korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochiliqni rivojlantirish agentligining 2021 yil 16 iyuldagi 02-19/2464-son ma’lumotnomasi). Natijada, agressiv muhitda ishlaydigan qurilmalarning chidamliligini 2,5 baravar oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish